- Iqlim özgarişi haqiqatmi?

Doniyor Turğunov, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori: Ha. Iqlim özgarişining eng birinçi körsatkiçi - muzliklar. Ularning jadal erib borayotgani iqlim özgarişining yaqqol dalilidir.

Baxtiyor Kadirov, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi mudiri: Ha, iqlim özgaryapti. Lekin bu masala atrofida asossiz talqinlar ham köp. Harorat oşayotgani - fakt. Tungi örtaça harorat kunduzgiga nisbatan köproq oşgan. Kunduzgi harorat 1,5 darajaga oşgan bölsa, tungi harorat 2,5 darajaga kötarilgan.

Anvar Homidov, Tojikiston Fanlar akademiyasi Muzliklar va kriosferani örganiş instituti direktori, Tojikiston: Hozir biz iqlim isişi jarayoni keçayotgan davrdamiz. Bu jarayon insoniyat tomonidan hali oxirigaça örganilmagan.

Bolot Moldobekov, Markaziy Osiyo amaliy yer tadqiqotlari instituti direktori, Qirğiz Respublikasi: Bu haqiqat. Avvalo, yer yuzasi harorati özgaryapti. Ikkinçidan, yoğin miqdori özgaryapti.

- Qozoğistonda ham muzliklar eriyaptimi?

Diana Aripxanova, YuNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi vakili, Qozoğiston: Ha, albatta. Biz ham butun mintaqada kuzatilayotgan muammolarga duç kelyapmiz.

Baxtiyor Kadirov: Bu holat hamma joyda kuzatilyapti. Himolayda ham, Pomirda ham, Yevropada ham muzliklarning quyi çegarasi yuqorilab boryapti.

Bolot Moldobekov: Bunda eng yaxşi, örtaça va eng yomon ssenariylar işlab çiqiladi. Biz ana şu ssenariylarga moslaşişimiz kerak.

Anvar Homidov: Biz Yer şarida keçayotgan jarayonlarni örganyapmiz. Ammo Yerdan taşqaridagi jarayonlarni töliq örganiş uçun insoniyat hali yetarli texnik imkoniyatlarga ega emas. Şuning uçun biz buni insonning Yerdagi faoliyati, neft va gaz kabi tabiiy resurslardan foydalanişi bilan boğlaymiz. Yer yuzasi ustida maʼlum bir qobiq hosil böladi va bu Quyoş nurlanişining qaytişiga taʼsir qiladi. Iqlimning isişi yoki sovişi, asosan, yer yuzasiga yetib keladigan Quyoş nurlanişiga boğliq.