AQŞ prezidenti Donald Tramp 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasida nutq sözladi. CNN, Reuters, NBC News, Newsquawk va AP naşrlari Oq uy rahbari nutqidan iqtiboslar keltirdi.
Maʼruza bu yilgi «Işonçni tiklaş, özgarişlarni boşqariş» mavzusidagi yuqori darajadagi haftalikning asosiy voqealaridan biriga aylandi. Nutqdan söng Tramp jahon yetakçilari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazdi.
Eron: kelişuv yoki «mahv etiş»
Nutqning asosiy mavzusi Eron böldi. Tramp jiddiy tanlov oldida turganini aytdi:
«Men muhim qaror qabul qilişim kerak. Eron bilan kelişuvga erişib, ularga tiklaniş va avvalgiga qaraganda ança buyukroq mamlakatni, ehtimol, Yaqin Şarqdagi yoki hatto dunyodagi eng buyuk davlatlardan birini barpo etiş imkonini beramanmi? Yoki men Eronni yöq qilamanmi va buni tezda, ularga yana odamlarni öldiriş va mamlakatlarni vayron qiliş imkoniyatini bermasdan qilamanmi? Yoki men ularni tirik qoliş imkoniyatisiz va kelajak avlodlar uçun buyuklik umidisiz dözaxga mahkum etamanmi?».
Uning sözlariga köra, Eron bilan kelişuv «saylovdan söng darhol» - yaʼni AQŞ oraliq saylovlaridan söng tuzilişi mumkin.
Kuba: «rejim qulaydi»
Kuba haqida gapirar ekan, Tramp şunday dedi: «Mening maʼmuriyatim, şuningdek, kommunistik rejim öz tarixidagi eng kuçli bosim ostida bölgan Kubadagi vaziyatni tubdan özgartirişga intilmoqda. Bu mutlaqo barbod bölgan davlat... U har qaçongidan ham köproq muvaffaqiyatsizlikka uçramoqda va u qulaydi». Bu sözlardan keyin Kuba delegatsiyasi majlislar zalini namoyişkorona tark etdi. Trampning taʼkidlaşiça, hozir Havana bilan muzokaralarni davlat kotibi Marko Rubio olib bormoqda: «U Kuba bilan muzokaralarga jiddiy kirişgan».
Ukraina va Rossiya
Tramp Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini va mojaroni tugatişga erişiş niyatida ekanini aytdi - uning sözlariga köra, «bu albatta va tezda sodir böladi».
Grenlandiya
Prezident AQŞ orolda ikkita yirik harbiy baza qurişini va Daniya bilan kelişuv şu kuniyoq imzolanişini tasdiqladi. U, şuningdek, Grenlandiya böyiça kelişuvni NATO mavqeini mustahkamlaş bilan boğladi: «Amerikaning Arktika va Şimoliy Atlantikadagi iştirokini kengaytiriş orqali bu kelişuv nafaqat AQŞ, balki Yevropani ham himoya qiladi va köp jihatdan NATO mavqeini mustahkamlaydi».









