AQŞ Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qiliş boşqarmasi (NASA) özining Perseverance marsyurari 2026-yil 11-oktabr holatiga köra Mars böylab 45,22 km yöl bosib, boşqa sayyora sirtida bosib ötilgan umumiy masofa böyiça yangi rekord örnatganini bildirdi.

Uşbu natija apparatga NASA’ning Opportunity marsyurari tomonidan 2004-yildan 2018-yilgaça Marsdagi faoliyati davomida örnatilgan avvalgi rekordni (45,16 km) yangilaş imkonini berdi.

NASA

NASA maʼlumotlariga köra, Perseverance bosib ötilgan masofa böyiça NASA’ning Curiosity (2012-yildan beri Marsda bölib, hozirgaça 38,15 km yöl bosgan), Spirit va Sojourner marsyurarlarini, sobiq ittifoqning «Lunoxod-1» va «Lunoxod-2» apparatlarini, NASA’ning «Apollon-15», «Apollon-16» va «Apollon-17» oyyurarlarini, şuningdek, Xitoyning «Yuytu» va «Yuytu-2» oyyurarlarini ham ortda qoldirdi.

Olti ğildirakli Perseverance marsyurari 2020-yil 30-iyulda koinotga uçirilgan edi. 2021-yil 18-fevralda apparat Mars yuzasiga yetib borib, olimlarning fikriça, 3,5 milliard yildan köproq vaqt oldin daryolar quyilgan köl mavjud bölgan Yezero krateriga qöndi. Perseverance missiyasining maqsadi qadimgi mikrobiologik hayot izlarini topişdan iborat. Buning uçun marsyurar keyinçalik Yerga yetkazib beriş maqsadida Mars toğ jinslari va tuproği namunalarini yiğmoqda.

NASA’ning Reaktiv harakat laboratoriyasidagi Perseverance va Curiosity loyihalari rahbari Stiven Li Perseverance aʼlo darajadagi texnik holatda ekanini va Marsda 2030-yillargaça yoki undan ham uzoqroq faoliyat körsatişi mumkinligini aytdi.