Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar asosiy jamoasi Samarqandda ötkazilayotgan şaxmat Olimpiadasida ğolibona yurişini davom ettirmoqda.
23-sentabr kuni 7-tur uçraşuvlari doirasidagi markaziy bahsda mezbonlar törtligi Xitoydan kelgan raqiblarga qarşi dona surdi.
Özaro bahs oldidan Xitoy Armaniston bilan (11 tadan oçko töplagan holda) turnir jadvalida Özbekistonning (12 oçko) eng yaqin taʼqibçilaridan biri bölib turgandi.
Dastlab Javohir Sindarov Vey I bilan, Muhiddin Madaminov Hu Hiangyu bilan durangga imzo çekdi – 1:1.
Hal qiluvçi bahslarda esa Nodirbek Abdusattorov 17-jahon çempioni Ding Lirenni, 6-tur qahramoni Nodirbek Yoqubboyev Yu Yangyuni taslim etdi va yakuniy hisob 3:1 körinişini oldi.
Bu ğalabadan keyin Özbekiston jamoasi oçkolari sonini 14 taga yetkazdi va turnir jadvalidagi yakkapeşqadamligini davom ettirdi. Yana beşta jamoa – Niderlandiya, Hindiston, Germaniya, Ozarboyjon va Armanistonda 12 tadan oçko bor.

Özbekiston jamoasi 7 turda 7 ğalabaga erişgan: bungaça Yamayka (4:0), Peru (3,5-1,5), Avstriya (3,5-1,5), Turkiya (2,5-1,5), Vengriya (4:0) va Hindiston (2,5-1,5) mağlubiyatga uçratilgandi.
8-tur Germaniyaga qarşi keçadi.













