Belarusda sobiq siyosiy mahbus sifatida tanilgan jurnalist Andjey Poçobut 8-sentabr kuni Polşa–Belarus çegarasidagi Bobrovniki nazorat-ötkaziş punkti orqali Belarusga kirib keldi.

Poçobutning özi ham X ijtimoiy tarmoğida Grodno şahridan surat eʼlon qilib, unga polyak tilida «Neman böyida» degan izoh qoldirgan.

Polşaning PAP axborot agentligi maxsus xizmatlar maʼlumotiga tayanib, jurnalist çegaradan bir ayol hamrohligida ötganini xabar qildi. Gazeta Wyborcza naşri maʼlumotiga köra, Poçobut 8-sentabr kuni ertalab Polşa–Belarus çegarasini kesib ötgan.

Jurnalistning Belarusda yetti kun qolişi rejalaştirilgan. Bu vaqt davomida u oila aʼzolari hamda Belarusdagi polyaklar ittifoqidagi hamkasblari bilan uçraşmoqçi. Gazeta Wyborcza jurnalisti Bartoş Velinskiy safarni «mutlaqo şaxsiy» deb atagan. Maʼlum qilinişiça, Belarusdan söng Poçobut AQŞga yöl olişni rejalaştirmoqda.

Poçobut qariyb beş yil qamoqda bölgan

Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning tanqidçisi bölgan Andjey Poçobut 2021-yil iyunidan boşlab qamoqda saqlangan. 2023-yilda Belarus sudi uni sakkiz yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilgan.

2025-yil oktabrida Yevropa parlamenti Poçobutga Andrey Saxarov nomidagi «Fikr erkinligi uçun» mukofotini bergan.

2026-yil 28-aprelda esa Poçobut Belarus, Rossiya va Yevropa Ittifoqi örtasidagi mahbuslar almaşinuvi natijasida ozod qilingan. Ozodlikka çiqqanidan keyin u Polşadagi Belostok şahrida yaşab kelayotgan edi.

Qiziği, Poçobut Belarusga qaytişda foydalangan Bobrovniki çegara punkti Polşa tomonidan aynan unga hukm çiqarilganidan keyin yopilgan edi. Keyinçalik uning faoliyati qayta tiklangan.

Poçobut ozod etilganidan keyin kuzda Belarusga boriş niyati borligini aytgan. Dastlab u Belarusdagi polyaklar ittifoqi syezdida iştirok etişni rejalaştirgan, biroq mazkur tadbir 2027-yil bahoriga köçirilgan.