Zörlab kelingani aytilayotgan qizaloqning yaqinlariga köra, tarbiyalanuvçi haqiqatan ham xöjalik işlari bölimi mudiri tomonidan boğça hududida bir neça marta jinsiy zöravonlikka uçragan. 5 yoşli tarbiyalanuvçi ekspertiza hamda ginekolog tekşiruvidan ötkazilgan.

Kun.uz muxbiri holat böyiça izoh oliş uçun boğça direktori va qizaloqning tarbiyaçisiga mikrofon tutdi. Direktor 20-iyuldan 10-sentabrgaça mehnat taʼtilida bölgani, 11-sentabrda işga qaytganida IIB xodimlari kelib holat böyiça söroqqa tutganini, boşqa tafsilotlarni oçiqlay olmasligini maʼlum qildi. Qizaloqning tarbiyaçisi esa öz guruhidagi bolalarni bir lahza ham nazoratsiz qoldirmasligini, boğça hududida jinsiy zöravonlik holati yuz bermaganini taʼkidladi.

Mehnat taʼtilida edim...

“Bu voqea sodir bölgan kuni mehnat taʼtilida bölganman. 10-sentabrda işga qaytganman, bu haqda buyruqlarim bor, taqdim qilişim mumkin.

11-sentabr kuni boğçaga içki işlardan xodimlar kelib boğçada nima işlar böldi, deb söraşdi, men xabarim yöqligini aytdim. Keyin xodimlarining özlari şunday holat bölibdi deyişdi. Tuşuntiriş xatlarini yozib berdik. Hozir tergov işlari olib borilyapti, lekin asl vaziyat bizga oçiqlangani yöq, heç narsadan xabarimiz yöq.

Zörlaniş holati bundan 15 kun oldin bölgan deyişyapti. Zörlaşda gumonlangan şaxs 52 yoşda, xöjalik işlari böyiça örinbosarim. Boğçada 2022-yildan beri işlaydi. Uning ustidan şu kungaça aholi yoki biror xodimlardan heç qanday şikoyat tuşmagan. Oilali, farzandlari bor, quda-andali odam. Öşa şaxs oldin ham boşqa mudir bilan şu boğçada zavxoz bölib işlagan, undan keyin fermer bölib işlagan, soğliği yomonlaşgandan keyin olti yil uyda işsiz yurgan, ikki marta insultni boşidan ötkazib, soğliği tiklangandan keyin boğçaga yana işga qaytgan.

Qizning tarbiyaçisi heç qaçon bolalarni yolğiz qoldirmagan, hammasidan tilxatlar, tuşuntiriş xatlari, kafolat xatlari olingan. Şu paytgaça va heç qaçon bola yolğiz qolmagan. Zörlaniş holati boğçada bölmaganligiga umid qilyapman. Hali heç narsani bilmayman, na ekspertiza xulosasi, na boşqa heç qanday maʼlumot yöq menda. Bölib ötgan holatni içki işlar xodimlaridan eşitdim”, deydi boğça direktori.

Qizaloqning tarbiyaçisi ham bolalarni bir lahza ham nazoratsiz qoldirmagani, bölib ötgan hodisani içki işlar xodimlaridan eşitganini maʼlum qildi.

Bolalar ombudsmaniga köra,