Eron aviakompaniyalari AQŞ mamlakat aviatsiya sanoatiga qarşi sanksiyalarni kuçaytirganidan keyin xalqaro reyslarning bir qismini bekor qildi. Bu haqda AFP, Bloomberg va Iran International kabi naşrlar xabar berdi. AFP xabariga köra, Tehrondagi sayyohlik agentligi Bağdod, Maskat, Qatar, Gurjiston va Ozarboyjonga parvozlar töxtatilganini tasdiqladi.

AQŞ qanday sanksiyalar joriy etdi?

8-sentabr kuni AQŞ Moliya vazirligi Eron aviatsiyasi bilan boğliq 36 ta obyektni, jumladan, 27 ta aviakompaniyani sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Idoraning taʼkidlaşiça, bu soha qurol-yaroğ, harbiy va noqonuniy yuklarni taşiş uçun işlatilgan.

21-sentabr kuni AQŞ moliya vaziri Skott Bessent 23-sentabrdan boşlab Eron taşuvçilari amalda xalqaro operatsiyalardan mahrum bölişini eʼlon qildi. U CNBC telekanaliga bergan intervyusida Eronning barça aviakompaniyalari butun dunyo böylab yopilişini aytdi. Ularning samolyotlariga yoqilği quyadigan, ularga xizmat körsatadigan yoki çipta sotadiganlarni dollar tizimidan uzib qöyiş bilan tahdid qildi. U bu çoralarni qariyb yetti oylik uruşdan söng Eron uçun vaʼda qilingan «iqtisodiy D-Day»ning bir qismi deb atadi.

Sanksiyalar Eron samolyotlariga boşqa davlatlar havo hududiga kirişni taqiqlamaydi. Aeroportlar, yoqilği va xizmat körsatiş kompaniyalari hamda banklarga bosim ötkazilmoqda, ularsiz parvozlar amalga oşirilişi mumkin emas.

Kimlar parvozlarni töxtatdi?

Gurjiston 21-sentabrdan boşlab Eron aviataşuvçilarining reyslarini töxtatdi. Ozarboyjon 22-sentabrdan boşlab töxtatilganini eʼlon qildi. Eron fuqaro aviatsiyasi maʼlumotlariga köra, Bağdod aeroporti 23-sentabr kuni ertalabdan beri Eron reyslarini qabul qilişni töxtatgan, Maskat (Ömon) esa eronlik yölovçilarni qabul qilmayapti. Bu, ayniqsa, Iroqning Najaf va Karbalo şaharlariga uçadigan ziyoratçilarga taʼsir qiladi.

Xorijiy aviakompaniyalar ham parvozlarni töxtatmoqda. Turkish Airlines kamida 2027-yil martigaça Eronga barça reyslarni töxtatdi. Lufthansa (Germaniya) va Austrian aviakompaniyalari parvozlarni kamida 24-oktabrgaça bekor qildi, Emirates (BAA) esa Tehronga parvoz qilmayapti. Qatar Airways 29-noyabrdan parvozlarni qayta tiklaşni rejalaştirmoqda, biroq aviakompaniyalar muddat saqlanişiga kafolat bermaydi. Iran International maʼlumotlariga köra, Mahan Air Turkiya aeroportlarida yer usti xizmatlaridan mahrum böldi va u yerdan ketdi.

Qaysi parvozlar davom etmoqda?