Bu çoralar prezidentning 2026-yil 22-sentabrdagi «Yoqilği-energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF–202-son farmonida belgilandi.

Vazirlik, regulyator va inspeksiya vazifalari ajratiladi

Farmonga köra, Energetika vazirligining tarmoq korxonalari va isteʼmolçilarga şartnomaviy, xizmat körsatiş va boşqa xöjalik munosabatlari böyiça individual ruxsatnomalar beriş amaliyoti bekor qilinadi.

Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligiga elektr energiyasi bilan bir qatorda tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida ham bozor tamoyillarini bosqiçma-bosqiç şakllantiriş hamda tartibga soliş vazifalari yuklatildi.

2028-yildan agentlik elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotida tartibga solinadigan tariflar hamda tölovlarni tasdiqlaydi. Şuningdek, isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, xizmatlar sifatini kuzatiş va murojaatlarni körib çiqiş tizimini joriy etadi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi faoliyatida qoidabuzarliklarning oldini oliş va xavflarni erta aniqlaşga eʼtibor kuçaytiriladi. Ogohlantiriş va kamçiliklarni ixtiyoriy bartaraf etiş uçun muddat beriş amaliyoti qöllanadi.

Tarmoq korxonalari esa resurslarni qazib oliş, işlab çiqariş, qayta işlaş, taşiş, saqlaş, uzatiş, taqsimlaş va sotiş bilan boğliq tijorat vazifalarini bajaradi.

Investitsiya loyihalari tanlov asosida amalga oşiriladi

Hujjatda yonilği-energetika tarmoğida quyidagilar qatʼiy taqiqlangan:

investorlar bilan töğridan töğri muzokaralar olib boriş;

loyihalar doirasida individual imtiyoz va preferensiyalar beriş;

investitsiya rejasiga kiritilmagan loyihalarni boşlaş.

Loyihani amalga oşiruvçi qonunçilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi. Tanlov hujjatlari oçiq eʼlon qilinadi.

Obyektlarni loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş va moliyalaştiriş bilan bir vaqtda quriş yoki rekonstruksiya qilişga ruxsat berilmaydi. Xususiy investitsiyalar hisobidan quriladigan obyektlar bundan mustasno.