«Özbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlaş töğrisida»gi qonunga kiritilgan özgartiş va qöşimçalarga köra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mazkur inspeksiya qurilayotgan bino va inşootlarning seysmik xavfsizligi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi.
Inspeksiya elektron texnik pasportlar asosida binolarni seysmik zaifligi böyiça tasniflaş, ularni instrumental-texnik tekşiruvdan ötkaziş hamda zilzilabardoşligini oşiriş işlarida iştirok etadi.
Seysmik faol zonalarda qurilişi rejalaştirilayotgan va inspeksiya nazoratiga kiruvçi barça turdagi bino va inşootlar, şuningdek, köp qavatli turarjoylar uçun elektron texnik pasportlarni şakllantiriş ham uning vakolatiga kiradi. Uşbu pasportlarda binolarning seysmik zaifligini baholaş uçun zarur axborot jamlanadi.
Bundan taşqari, inspeksiya yangi qurilayotgan binolarning zilzilabardoşligini taʼminlaş va mavjud bino-inşootlarning zilzilabardoşligini oşiriş uçun zarur çoralarni köradi.
Master-reja şaharsozlik hujjati sifatida belgilanmoqda
Özgartişlar bilan şaharsozlik hujjatlari tarkibiga master-reja ham kiritilmoqda.
Master-reja hududlardagi aniq muammolarni bartaraf etişga qaratilgan, şaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boşqa loyiha yeçimlarini birlaştirgan hujjat sifatida taʼriflangan.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uç oy ötgaç kuçga kiradi.













