Ğarbiy sohildagi zöravonliklar va Rossiyada qulagan strategik bombardimonçi – kun dayjesti
|13:57 / 30.09.202613 2908 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Ğarbiy sohildagi zöravonliklar
Isroil bosib olgan Ğarbiy sohilda yahudiy köçmançilarning falastinliklarga hujumlari davom etyapti. Reuters’ning guvohlarga tayanib xabar berişiça, Ramallah şimolida qişloqda 100 dan ortiq köçmançilar falastinlik oilaning öz uyiga qaytişiga tösqinlik qilgan va Isroil harbiylari bilan töqnaşgan.
Tubasi oilasiga tegişli ikki uyni köçmançilar bir neça hafta oldin egallab olgandi. Şundan beri oila qişloqning boşqa joyida yaşab kelmoqda. Duşanba kuni keçqurun Isroil armiyasi oilani uyiga kuzatib borib, köçmançilardan himoya qilişga rozi bölgan. Biroq guvohlarning aytişiça, oila uyga yetib borganidan taxminan 10 daqiqa ötib, köçmançilar tödasi bostirib kelgan. Isroil armiyasi bayonotiga köra, ular uylarga öt qöygan, yöllarni tösib qöygan va harbiylarga toş otgan. Natijada uç ofitser jarohatlangan.
«Zöravonlik sababli oilani uyiga qaytariş vazifasi bajarilmadi», deyiladi armiya bayonotida. Harbiylar ikki köçmançi hibsga olingani va tergov boşlanganini maʼlum qildi.
Falastinlik uy egalaridan biri Reutersʼga uning uyi tanib bölmas darajada vayron qilinganini aytdi: eşik, deraza, pol va zinalar buzib taşlangan. Uyning devorlari köçmançilar yoqqan şinalar qurumidan qorayib ketgan.
Seşanba kuni Ğarbiy sohildagi Al-Muğayyir qişloğida ham köçmançilar bir neçta maşinaga öt qöygan.
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu zöravonlikni qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortişga çaqirdi. Ammo isroillik va falastinlik huquq himoyaçilarining taʼkidlaşiça, köçmançilar zöravonlik uçun kamdan kam hollarda jazolanadi.
IT gigantlar yetakçilari Oq uyda
AQŞda sunʼiy intellekt xavfsizligi borasidagi xavotirlar kuçayib boryapti. Şunday şaroitda AQŞ prezidenti Donald Tramp seşanba kuni Oq uyda texnologiya kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşdi. Uning aytişiça, kompaniyalar sunʼiy intellekt uçun ixtiyoriy standartlar joriy etişga kelişib olgan.
Tramp öz ijtimoiy tarmoğida eʼlon qilgan kelişuv matniga köra, kompaniyalar sunʼiy intellekt tizimlari işlab çiquvçilar közlagandek işlayotganini tekşiriş uçun mustaqil auditorlar bilan hamkorlik qiladi. Şuningdek, ular öz vositalari texnik tizimlarga közda tutilmagan tarzda buzib kirmasligini taʼminlaşga harakat qiladi.
Mavzuga oid
«Bu qaysidir maʼnoda deyarli konstitutsiyaga öxşaydi», dedi Tramp kelişuv haqida. Tramp şuningdek, AQŞdagi davlat idoralariga bu texnologiyani «sunʼiy intellekt» emas «super intellekt» deb ataşni buyurdi.
Şuningdek, Tramp sunʼiy intellekt xavfsizligini nazorat qiluvçi 10 kişilik kengaş tuzişini ham aytdi, biroq uning aʼzolari kim bölişini oçiqlamadi.
Prezident data markazlarni kengaytirişni qöllab-quvvatlaşini yana bir bor taʼkidladi. Ammo bunday inşootlar – juda katta elektr energiyasi talab qilişi hamda kommunal tölovlar oşişi sababli Amerikada qarşilikka uçrayapti.
Maʼlumot uçun, 2025-yilda AI kompaniyalari - Trampni qöllovçi MAGA taşkilotining eng yirik xayriyaçilari qatorida bölgandi.
Rossiyada strategik bombardimonçi halokati
29-sentabr kuni Rossiyaning Amur viloyatida öquv-maşğulot parvozini bajarayotgan Tu-95 strategik bombardimonçisi qulab tuşdi. Mudofaa vazirligi xabariga köra, samolyotda öq-dori bölmagan, u aholi yaşamaydigan hududga qulagan. Olti nafar ekipaj aʼzosi halok bölgan, yana biri jarohatlanib, tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
«Kommersant» manbalariga köra, halokat Krasnoyarovo qişloği yaqinida, bombardimonçi havoga kötarilganidan 5 daqiqa ötib sodir bölgan.
Halokat böyiça Jinoyat kodeksining «parvoz qoidalarini buziş bilan boğliq» moddasi asosida iş qözğatilgan. Hodisa sabablarini aniqlaş uçun voqea joyiga Havo-kosmik kuçlari komissiyasi jönatildi.
Rasmiy sabab hali eʼlon qilinmagan. Xavfsizlik tuzilmalariga yaqin pabliklarga köra, halokatga – bortdagi yoqilği portlaşi sabab bölgan. Amur viloyati hukumati ekipaj samolyotni turar joylardan uzoqlaştiriş uçun «qölidan kelganini qilgani»ni maʼlum qildi.
OAVga köra, Ukraina çegaraga yaqin aviabazalarga zarbalar berilayotgani sababli Rossiya qimmat strategik bombardimonçilarining bir qismini Uzoq Şarqqa köçirmoqda.
Moscow Times hisob-kitobiga köra, Ukrainadagi uruş davomida Rossiya 10 dan ortiq şu turdagi samolyotidan ayrilgan bölişi mumkin.
Tu-95 yadroviy qurol olib yura oladigan sovet davri bombardimonçisi hisoblanadi. Rossiya uni eksport qilmaydi va rasmiy narxini ham eʼlon qilmaydi. Uning narxi turli manbalarda taxminan 50 dan 100 million dollargaça baholanadi.
Fransiyada öquvçilar namoyişlari
Fransiyada butun mamlakat böylab litseylarda bölib ötgan öquvçilar namoyişlari vaqtida 400 dan ortiq odam, asosan voyaga yetmaganlar hibsga olindi.
Namoyişlar Parijda boşlangan va ösmirlarning bir neça kun davomida öz maktablarini tösib qöyişiga olib kelgan. Ösmirlar sinflardagi öquvçilar sonining köpligi va öqituvçilar yetişmovçiligi kabi muammolar sababli köçaga çiqqan.
Mahalliy OAVlarga köra, namoyişçilar politsiyaga turli jismlarni uloqtirgan, politsiya esa bunga javoban dubinka va közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan.
Rasmiylarning taʼkidlaşiça, seşanba kungi namoyişlar vaqtida kamida 10 nafar öqituvçi va bir neçta öquvçi, şuningdek, huquq-tartibot idoralarining 48 nafar xodimi jarohatlangan. Taʼlim vazirligi maʼlumotlariga köra, kamida 400 ta maktab uşbu namoyişlar taʼsirida qolgan.
«Biz bu yerga sababsiz hamma narsani sindirib taşlaş uçun kelganimiz yöq. Biz aynan taʼlim tizimi butunlay izdan çiqqanini aytiş uçun keldik. Har bir sinfda 34 kişimiz va bunday öqişning iloji yöq. Öqituvçilar ham ortiqça yuklama bilan işlamoqda», deydi 16 yoşli namoyişçi qiz AFPʼga.
Fransiya taʼlim vaziri öquvçilar norozilik bildiriş huquqiga ega ekanini aytdi, biroq zöravonliklarni «oqlab bölmaydigan» harakat sifatida qoraladi.
Öquvçilar manfaatlarini himoya qiluvçi kasaba uyuşmasi Fransiya hukumatini «qatağon»da va politsiyani ortiqça kuç işlatişda aybladi.
KXDR va Janubiy Koreya mojarosi
Koreya yarimorolidagi demilitarizatsiyalangan zonada sodir bölgan mina portlaşi ikki koreys davlati örtasidagi keskinlikni yana kuçaytirdi. Şimoliy Koreya özi ayblangan Janubiy Koreya tergovini «masxarabozlik» deb atadi. BMT qömondonligi esa voqeani Koreya uruşidagi sulh bitimining buzilişi deb baholadi.
21-sentabr kuni DMZ içida razvedka topşiriğini bajarayotgan uç nafar janubiy koreyalik harbiy portlaş oqibatida jarohatlangandi. Ulardan ikkitasining ahvoli oğir.
Keça Janubiy Koreya mudofaa vaziri portlaşga Şimoliy Koreya minalari sabab bölganini aytib, «tegişli» çoralar körilişini maʼlum qildi.
Sulh bitimi ijrosini nazorat qiluvçi BMT qömondonligi esa Janubiy Koreya harbiylari bilan voqea joyida tergov ötkazgan. Bayonotga köra, tergov davomida demarkatsiya çiziğining janub tomonida Şimoliy Koreyaga tegişli yana bir faol mina aniqlangan.
KXDR rahbariyati esa Seulni aşyoviy dalillarni töqib çiqarişga urinişda aybladi. «Şimoliy koreyalik harbiylar çegara qurilişi paytida demarkatsiya çiziğini kesib ötmagan. Bizning yerimizga bitta öq tegsa ham, ular köp narsaga tayyor turişi kerak», dedi Kimning singlisi Yo Çjon.
Janubiy Koreya harbiylari esa Pxenyandan keçirim söraşni va çegarani mustahkamlaş işlarini töxtatişni talab qilmoqda.
Tahlilçilarga köra, bu voqea Janubiy Koreya prezidentining Şimol bilan muloqotni tiklaş va keskinlikni pasaytiriş borasidagi harakatlarini qiyinlaştiradi.