UWC saralaş jarayoni töqqiz oy davom etdi. Men taxminan 15 ta esse va ikki tavsiyanoma bilan ariza topşirdim, mantiq, matematika va ingliz tili böyiça onlayn testlarni işladim. Şuningdek, Duşanbeda 12 kişidan iborat komissiya bilan 90 daqiqalik suhbatdan ötdim.

Baholar saralaşning faqat dastlabki mezoni edi. Keyingi bosqiçlarda komissiyani mening özim taşabbus körsatib nimalar qilganim köproq qiziqtirdi: yozgi maktabdagi iştirokim, Model UN’dagi faoliyatim, mentorlik tajribam va jamoam bilan yaratgan mobil ilovam.

UWC nima?

UWC (United World Colleges) - tört qit’adagi 18 ta maktab va kollejni birlaştiruvçi xalqaro ta’lim tarmoği. Turli mamlakatlardan kelgan ösmirlar bir kampusda yaşaydi, birga ta’lim oladi va jamoatçilik loyihalarida iştirok etadi.

Maktabning sönggi ikki yilida öquvçilar International Baccalaureate (IB) dasturida ta’lim oladi. Uşbu dastur darsliklarni yodlaşdan köra tadqiqot, tanqidiy fikrlaş va loyiha işlariga köproq e’tibor qaratadi.

Siz töğridan töğri ma’lum bir UWC maktabiga ariza topşirmaysiz. Ariza mamlakatingizning milliy qömitasi orqali topşiriladi. Özingiz xohlagan maktablarni körsatişingiz mumkin, biroq qaysi maktabga nomzod sifatida tavsiya etilişingizni qömita belgilaydi.

Grantlar mavjud. Moliyaviy yordam saralaşdan alohida baholanadi. Ya’ni UWCga qabul qiliniş va moliyaviy yordam oliş ikki xil qarordir.

Meni UWCga jalb qilgan asosiy jihat bitta ğoya edi: bu yerda faqat baholar muhim emasdi. Ular sizning kimligingiz, nimalarga qiziqişingiz, heç kim söramasdan nimalarni boşlaganingiz va atrofingizdagi odamlarga qanday munosabatda bölişingizni ham bilişni istaşardi.

Saralaş jarayoni qanday ötdi?

1-bosqiç. Ariza va esselar

Maktabdagi baholarim va boşqa hujjatlarim bilan birga taxminan 15 ta esse yozdim. Odatdagi savollar - nima uçun bu yerda öqişni xohlaysiz, kuçli tomonlaringiz nimalardan iborat - böladi, deb öylagandim. Ammo ayrim savollar men ilgari heç qaçon öylab körmagan vaziyat va dilemmalar haqida edi.