DW xabariga köra, «Mediazona» jurnalistlari halok bölgan harbiylarning ismlarini aniqlab, suriştiruv natijalarini 9-oktabrda eʼlon qilgan.
Aniqlangan 20 ofitserning 18 nafari zarba berilgan kuni, yana ikki nafari esa keyinroq olgan jarohatlaridan vafot etgan. Ular orasida yetti nafar polkovnik va tört nafar podpolkovnik bölgan.
Naşr maʼlumotiga köra, halok bölganlar «Markaz» qöşinlar guruhiga tegişli ştablarda - Markaziy harbiy okrug va 41-umumqöşin armiyasi ştablarida xizmat qilgan.
Jurnalistlar ikki ştabning şaxsiy tarkib röyxatlarini meros işlari reyestri, boşqa davlat reyestrlari va harbiylar haqidagi taʼziya xabarlari bilan soliştirib, ularning şaxsini aniqlagan.
Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya egallab olgan Donetskka 26-avgust keçqurun raketa zarbasi bergan. Öşa paytda maʼmuriyat rahbari Denis Puşilin nişon «Donetsk Siti» savdo markazi bölganini bildirgan. Uning aytişiça, hujumda Storm Shadow/SCALP-EG raketalari qöllangan.
Biroq oçiq manbalar asosida tahlil olib boruvçi OSINT loyihalari zarbalar Rossiya armiyasining qömondonlik punktlariga qaratilgan bölişi mumkinligini taxmin qilgan.
Ukrainaning Exile+ Telegram-kanali zarbalardan biri uruşgaça ilmiy-tadqiqot va sanoat muassasalari joylaşgan binoga tuşganini bildirgan. «KіberBoroshno» kanali esa nişonlardan yana biri qurilişi tugallanmagan turar joy majmuasi ostidagi 600 örinli yerosti avtoturargohi bölganini maʼlum qilgan.
OSINT loyihalari har ikki obyektdan Rossiya harbiylari qömondonlik punkti sifatida foydalangan bölişi mumkinligini aytgan.













