Hafta davomida kutilayotgan ob-havo bilan iqlimşunos Erkin Abdulahatov taniştiradi.
Qişloq xöjaligiga taʼsir. Hafta boşidagi yoğingarçilik ayniqsa vodiy va toğoldi hududlarida tuproq namligining oşişiga xizmat qilişi va kuzgi dala işlariga tösqinlik qilişi mumkin. 14-oktabrdan keyin kutilayotgan quruq va iliq ob-havo dala işlarini davom ettiriş uçun qulay şaroit yaratadi. Şu bilan birga, tungi haroratning pasayişi, ayniqsa toğli hududlarda issiqsevar ekinlar va keçki hosilni sovuqdan asraşga eʼtibor qaratişni talab etadi. Suğoriş zaruratini esa tuproq namligi va ekinlarning holatiga qarab belgilaş maqsadga muvofiq.
Ob-havo va salomatlikka taʼsir. Hafta boşidagi bulutli va yoğinli kunlardan keyin kunduzgi harorat kötariladi, biroq tunlari salqinlik saqlanadi. Bunday haroratga moslaşiş uçun mavsumga mos kiyiniş, yetarliça uxlaş va jismoniy faollikni saqlaş muhim. Antitsiklon taʼsirida şamol susaygan ayrim hududlarda, xususan Toşkent va vodiyda havo sifati yomonlaşişi mumkin. Çang va mayda zarraçalar köpaygan paytlarda sezgir aholi guruhlari havo sifati haqidagi maʼlumotlarni kuzatib borişi va tegişli sanitariya tavsiyalariga amal qilişi lozim.










