AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy energetika sulhiga rioya qilişi va Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişni töxatişiga amin, deb yozadi Axios.

«Tramp qattiq ğazablangan. Unga Zelenskiy AQŞning yordamini odatiy holatdek (minnatdorçiliksiz) qabul qilayotgandek tuyulmoqda», – degan Axios naşrining Oq uydagi manbasi.

Öz navbatida, Financial Times manbalari xabar berişiça, agar Ukraina Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga zarba berişni töxtatmasa, AQŞ Ukraina bilan razvedka maʼlumotlarini almaşişni töxtatiş va Yevropa davlatlari Kiyev uçun Amerika qurollarini sotib oladigan PURL mexanizmi faoliyatini töxtatiş bilan tahdid qilgan.

Agentlik suhbatdoşlari maʼlumotiga köra, sönggi kunlarda Kiyevga qilingan qönğiroqlarda şunday talablar qöyilgan.

«Ular Kiyevga qönğiroq qilişmoqda... ular [Yevropada] hammaga qönğiroq qilişmoqda», - deydi AQŞ Mudofaa vazirligi vakili bilan şu mavzuda gaplaşgan ukrain rasmiysi.

Agar neftni qayta işlaş zavodlariga hujumlar töxtasa, keyingi qadam elektr stansiyalari va energetika tarmoqlariga hujumlarni töxtatiş böyiça kelişuv bölişi mumkin.

Axios naşri neftni qayta işlaş obyektlariga zarbalar almaşinuvini ikkitomonlama töxtatiş sxemasida tenglik yöqligiga eʼtibor qaratgan. Ukrainada faqat bitta neftni qayta işlaş zavodi bor va u ham Rossiya hujumlaridan keyin töliq quvvat bilan işlamayapti.

Rossiya hozirça energetika sulhini rasman qabul qilmadi. Axios naşri manbasi «rossiyaliklar buni öylab körayotgani» va «tez orada ular bunga qançalik tayyorligi» maʼlum bölişini aytgan.

  • Donald Tramp 11-oktabr kuni Rossiya va Ukraina energetika sohasida kelişuvga erişganini eʼlon qilgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Axios naşriga bergan izohida Trampning sulh töğrisidagi eʼloni özi uçun «yangilik bölgani»ni aytdi.

  • Tramp 14-sentabr kuni ham Rossiya va Ukraina örtasida energetika sulhi tuzilganini aytib çiqqandi. Ammo öşanda Rossiya va Ukraina örtasida energetika obyektlari böylab zarbalar almaşinuvi davom etgandi.