Tashrif dasturidan Yangi Toshkent hududidagi bir qator obyektlarni ishga tushirish marosimi ham oʻrin olgan.
Shuningdek, prezident ishtirokida yangi obyektlar qurilishiga start berilishi rejalashtirilgan.
Shu tariqa, tadbir doirasida ham tayyor obyektlar foydalanishga topshiriladi, ham navbatdagi qurilish ishlari boshlanadi.
Investor va tadbirkorlar bilan uchrashuv esa Yangi Toshkentda yirik loyihalarni amalga oshirayotgan ishbilarmonlar ishtirokida oʻtadi.














