Davlat rahbari Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan oçiq muloqot ötkazmoqda.

Prezident sönggi oyda ular bilan bölib ötgan uçraşuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratiş, ruxsat oliş va tölovlar bilan boğliq muammolar örganilganini taʼkidladi.

Uç yil avval boşlangan loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablağ yönaltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toşkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritilgan.

Ayni paytda ming gektardan ziyod maydonda, asosan, davlat mablağlari hisobidan quriliş işlari olib borilmoqda. Tadbirkorlarga ajratilgan yer esa bor-yöği 94 gektarni taşkil etadi.

Yangi Toşkentning birinçi bosqiçida 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan.

Yangi aeroportni ham hisobga olganda, hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargaça yetkaziş mumkinligi qayd etildi. Bu raqam hozirgaça jalb qilingan mablağni emas, kelgusidagi investitsiya imkoniyatlarini ifodalaydi.