Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari 11-oktabr kuni Donald Tramp eʼlon qilgan energetika sulhi bilan boğliq «barça tegişli buyruqlarni olgani»ni aytdi.
Ukraina qurolli kuçlariga aynan qanday buyruq berilgani – oçiqlanmagan. Ammo Zelenskiy Ukraina «öt oçişni töxtatiş va uruşni yakunlaşning barça real va işonçli formatlarini qöllab-quvvatlaşi»ni tasdiqlagan.
«Ukraina Rossiya energetikasiga zarba bermaslikka tayyor va Rossiya ham xuddi şu narsaga tayyor ekaniga va AQŞ prezidentining bu masala böyiça kelişuvga erişişiga umid qilamiz», – degan Zelenskiy özining keçqurungi videomurojaatida.
U Ukraina vaziyatni yumşatiş uçun köplab qadamlar taklif qilgani, ammo Putin «buning barçasiga özining birgina sözi: „yöq“» bilan javob qaytarganini aytgan. «Qattiq umid qilamizki, u nihoyat Amerika, Ukraina va butun dunyoga boşqa narsani aytadi», – deya qöşimça qilgan Zelenskiy.
Şu bilan birga, Ukraina prezidentining aytişiça, Rossiya kun davomida Ukraina energetika obyektlariga hujum qilişda davom etgan, murojaat arafasida esa Xarkivdagi 5-sonli issiqlik elektr stansiyasiga zarba berilgan.
Rossiyadagilar Tramp tomonidan anons qilingan energetika sulhi yuzasidan munosabat bildirmadi. Davlat dumasining energetika böyiça qömitasi raisi örinbosari Igor Ananskix «Ostorojno, novosti» telegram-kanali bilan suhbatda «Tramp tez-tez neft narxi kötarilib ketmasligi uçun nimadir deb turişi»ni qayd etgan. «Bu sözlar orqali investitsiya deyiladi. Bu qançalik haqiqatga töğri kelişidan xabarim yöq», – deya qöşimça qilgan u.













