DW xabariga köra, raketa Kiyevning şimoli-şarqidagi Desnyanskiy tumanida joylaşgan uyga tekkan. Binoning pastki sakkiz qavatidagi xonadonlarda yonğin çiqqan.
Kliçko 16 nafar jarohatlangan kişi kasalxonaga yotqizilganini, jabrlanganlarning tört nafari oğir ahvolda ekanini bildirgan.
Mer, şuningdek, Solomenskiy tumanida dron ofis binosiga urilgani, Darnitskiy tumanida dron parçalari stadion hududiga tuşgani va Desnyanskiy tumanida omborxona yonganini maʼlum qilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning aytişiça, hujum nişoni Kiyevning asosiy energetika obyektlaridan biri - 4-issiqlik elektr markazi bölgan. Zarba Donald Tramp eʼlon qilgan energetik sulh fonida amalga oşirilgan.
Zelenskiy hamkorlar Ukrainani Rossiya ballistik raketalarni uçirgani haqida ogohlantirmaganini taʼkidlagan. U energetika obyektlari vayron qilinayotgan bir paytda hatto raketa uçirilişi haqida ogohlantiriş olinmayotganini adolatsizlik deb baholagan.
Ukraina prezidenti AQŞ voqealarni va uruş davom etayotgani uçun kim javobgarligini körişi muhimligini aytgan. U Ukraina razvedkasi maʼlumotlariga tayanib, Rossiya yangi ballistik raketa zarbalariga tayyorlanayotganini ham bildirgan.
Ayni kuni Vaşingtonda jurnalistlar bilan gaplaşgan Donald Tramp AQŞ Ukrainaga razvedka maʼlumotlarini bermayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan.
«Biz ularga yordam beryapmiz va razvedka maʼlumotlarini almaşyapmiz», - degan Tramp. Uning sözlariga köra, AQŞ uruşni tugatiş uçun Ukraina va Rossiya bilan işlamoqda.
Avvalroq Tramp Vladimir Putin tinçlik kelişuviga Zelenskiydan köra köproq qiziqiş bildiryapti, degan fikrni aytgan edi. Energetik sulhning buzilişi haqidagi savolga esa «qoidabuzarliklar har ikki tomondan bölganini» bildirgan.
Bu Ukraina şaharlariga sönggi kunlardagi navbatdagi hujumdir. 13-oktabrga ötar keçasi Xarkivga berilgan zarba oqibatida, şahar meri Igor Terexov maʼlumotiga köra, uç kişi halok bölgan. 12-oktabr oqşomida Kiyevdagi 25 qavatli uyga dron urilişi natijasida esa ikki kişi hayotdan köz yumgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi öz navbatida Kiyevdagi harbiy-sanoat korxonalari va logistika markazlariga, jumladan, dron işlab çiqariş sexi hamda lokomotiv deposiga zarbalar berilganini daʼvo qilgan.












