Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan polkovnik Baxtiyor Tugambayevich Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan.

1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻshinlari muhandislik bilim yurtining qoʻmondonlik taktik avtomobil qoʻshinlari mutaxassisligi boʻyicha va 2008-yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qoʻmondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.

2018–2020-yillarda Toshkent shahar hokimi oʻrinborsari – Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi.