Özbekistonda gazlaşmagan va tabiiy gaz yetib borişi qiyin hududlarda aholi uçun elektr energiyasining bazaviy meyorini amaldagi 200 kWh'dan isitiş mavsumida 350 kWh'ga kötariş taklif etilmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Kun.uz muxbiri 14-oktabr kungi matbuot anjumanida nega aynan 350 kWh ilgari surilayotgani, meyorni 500 kWh'gacha oşiriş masalasi körilgani yoki yöqligi haqida söradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Xurşid Mustafoyev tanlangan taklif uçun ikkita sababni keltirdi:

“Hozirgi kunda ehtiyojmand oilalar uçun 200 kWh'dan keyin yana 150 kWh'gacha energiya isteʼmolining bazaviy narx bilan farqi Ijtimoiy himoya agentligi tomonidan qoplab beriladi. Aynan şu kam taʼminlanganlarga berilgan huquqdan kelib çiqib, [gazlaşmagan hududlar uçun isitiş mavsumida] 350 kWh közda tutilmoqda.

Ikkinçi sababi, biz har bir gazlaşmagan hududda har bir xonadon böyiça qiş paytida elektr energiyasi sarfini tahlil qildik. Unga asosan, gazlaşmagan hududlarda yaşovçi 60 foiz aholi qiş paytida oyiga 300 kWh'gacha elektr energiyasidan foydalanadi. Şundan kelib çiqqan holda, bir oylik bazaviy meyor sifatida 350 kWh belgilaş taklif qilinyapti”.

Kun.uz muxbiri çegirma tatbiq etiladigan aholi doirasi haqida ham söradi.

“Hozirgi kunda tabiiy gaz olmaydigan xonadonlar soni 4 millionga yaqin, ular suyultirilgan gaz oladi. Bundan taşqari, gaz yetib borişi qiyin bölgan hududlarda 600 mingdan köproq isteʼmolçi mavjud – ularga qiş paytida gaz bir maromda berilmaydi: misol uçun, gaz bugun bölişi mumkin, ertaga pasayadi, uçinçi kuni yana bölmaydi. Şundan kelib çiqib ular uçun ham elektr energiyasining bazaviy normasini isitiş mavsumida 350 kWh etib belgilaş taklif etilgan”, dedi vazir örinbosari.

Eslatib ötamiz, hozirda aholining oyiga 200 kWh'gacha isteʼmoli 650 sömdan, 201–500 kWh oraliqdagi isteʼmol esa 900 sömdan tarifikatsiya qilinadi.