The War Zone yozişiça, Airbus sinov haqida 12-oktabr kuni maʼlum qilgan. Parvoz Şimoliy Yevropadagi nomi oçiqlanmagan poligonda ötkazilgan.

Sinov davomida apparatga berilgan vazifani bevosita parvoz vaqtida özgartiriş imkoniyati ham tekşirilgan. Airbus maʼlumotiga köra, belgilangan barça maqsadlarga erişilgan.

U740 - AQŞning XQ-58A Valkyrie uçuvçisiz jangovar samolyoti asosida işlab çiqilayotgan Yevropa varianti. Germaniya mazkur loyiha doirasida jangovar qöllaşga tayyor kompleksni 2029-yilga borib olişni közlamoqda.

Keyingi bosqiçda apparatga Airbus işlab çiqqan MARS missiyani boşqariş tizimini örnatiş rejalaştirilgan. U samolyotning dasturiy taʼminoti va jangovar vazifalarni boşqariş ustidan Yevropa nazoratini taʼminlaşi kerak.

Işlab çiquvçilar rejasiga köra, MARS dronlarga avtonom harakatlaniş va guruh tarkibida öz harakatlarini muvofiqlaştiriş imkonini beradi. Ayni paytda eng muhim qarorlarni qabul qilişda inson iştiroki saqlanadi.

Kratos yaratgan XQ-58A Valkyrie nisbatan kam xarajatli jangovar platforma sifatida işlab çiqilgan. Airbus tayyor konstruksiyaga öz boşqaruv tizimini moslaştiriş orqali butunlay yangi samolyot yaratilişini kutişga hojat qoldirmaslikni maqsad qilgan.

U740’ning muhim xususiyatlaridan biri - raketa tezlaştirgiçi yordamida uçirilişidir. Bu apparatning odatiy uçiş-qöniş yölaklariga boğliqligini kamaytiradi.

Valkyrie’ning dastlabki konstruksiyasi asosan paraşyut yordamida yerga qaytişga möljallangan. Yangi variantlarida esa raketa tezlaştirgiçi bilan uçib, uçiş-qöniş yölagiga qöniş imkoniyati paydo bölgan.

Bunday yondaşuv Germaniya harbiy-havo kuçlariga aviatsiyani turli joylarga tarqatib joylaştiriş va töliq aerodromi bölmagan maydonlardan dron uçiriş imkonini berişi mumkin. Bu mavjud aerodrom infratuzilmasi hujum xavfi ostida qolgan şaroitda ham ahamiyatli.