Kitob taqdimoti 19-avgust kuni soat 18:30 da «Teatr+» maskanida bölib ötdi va şunçaki adabiy tadbir bölib qolmay, ta’lim, ijod va köngiloçar dasturlarni özida jamlagan haqiqiy oilaviy bayramga aylandi.

Pölat Salimov, InfinBANK Boşqaruv raisi örinbosari:
«Moliyaviy savodxonlik bola birinçi bank kartasini qölga olişidan yoki pulni mustaqil boşqarişni boşlaşidan ança avval şakllanişni boşlaydi. Aynan bolalikda insonning keyingi moliyaviy munosabatlarini belgilab beruvçi odatlar paydo böladi. Şu bois bizning vazifamiz - bolalar bilan pul haqida oddiy, tuşunarli va qiziqarli tilda suhbatlaşiş. Aynan şu maqsadda biz kitob naşrini qöllab-quvvatlaşga va şu tariqa farzandlarimiz ta’limiga öz hissamizni qöşişga qaror qildik. Kitoblarning bir qismi bolalar kutubxonalari va maktablarga tarqatiladi. Şuningdek, kitoblarni Yangi Asr Avlodi naşriyoti dökonlaridan xarid qiliş mumkin».

Elvira Gimadiyeva, InfinBANK Marketing va mijozlar tajribasi departamenti direktori:
«Uşbu loyiha ğoyasi ötgan yili Markaziy bank tomonidan moliyaviy savodxonlik va ma’rifat masalalariga bağişlangan “Bank va Ma’rifat 365” forumi ötkazilganidan söng paydo bölgan. Forum doirasida yetakçi naşriyotlar bilan uçraşuvlar taşkil etilib, aynan öşa paytda biz moliya haqidagi suhbatni bolalar uçun tuşunarli va qiziqarli qiliş yöllarini muhokama qila boşlaganmiz. Hamkor sifatida Yangi Asr Avlodi naşriyotini tanlab, u bilan birgalikda kitob yaratiş ğoyasini işlab çiqdik va amalga oşirdik. Biz uçun şunçaki kitob çiqariş emas, balki bolalarga yoşligidanoq pulga töğri munosabatni şakllantirişga yordam beradigan, haqiqatan ham foydali va tuşunarli qöllanma yaratiş muhim edi. Bugun uşbu ğoya bank, naşriyot, mutaxassislar va eng muhimi, bolalar hamda ularning ota-onalarini birlaştirgan tölaqonli ijtimoiy loyihaga aylanganini köriş juda quvonarli».

Butun oila uçun maxsus dastur tayyorlangani taqdimotning öziga xos jihati böldi. Taşkilotçilar mehmonlarga şunçaki öyin-kulgi ulaşişni emas, balki ösib kelayotgan yoş avlodda moliyaviy madaniyat poydevorini şakllantirişni, bolalarda kitobning ilk sahifasini oçmaslaridanoq, uni tezroq öqişga özlari qiziqib qolişlari uçun kitob qahramonlari va syujetiga mehr uyğotişni maqsad qilib olgan edilar. Bolalar öyin tarzida moliya olamiga şönğidilar: ular moliyaviy kvestdan ötib, teatr tomoşasini kördilar va köngiloçar dasturda qatnaşdilar.

















