Özbekiston vitse-çempioni «Paxtakor» Elit Osiyo Çempionlar Ligasi asosiy bosqiçi ikkinçi turida ham durang natijani qayd qildi.

Toşkentliklar 12-oktabr kuni öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubiga qarşi öynadi. 35-daqiqada Tijani Reynders mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, Dostonbek Hamdamov 89-daqiqada penaltidan hisobni tenglaştirdi.

Avvalgi turda «Paxtakor» Saudiya Arabistonining yana bir klubi «Al-Ahli» (1:1) bilan safarda durang öynagan edi.

Toşkent klubi OÇL doirasida navbatdagi öyinni 26-oktabr kuni safarda Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubiga qarşi ötkazadi.

Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 2-tur

12-oktabr, Toşkent, «Paxtakor» stadioni

PAXTAKOR (Özbekiston) - AL-QODISIA (Saudiya Arabistoni) 1:1

Gollar: Dostonbek Hamdamov (89 pen) - Tijani Reynders (35)

Boş hakam: Çoy Hyun Jai (Janubiy Koreya)

«Paxtakor»: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin, Murtazo Puraliganjiy (Sardor Sobirxöjayev 82), Hojiakbar Alijonov, Akmal Mozgovoy, Başar Resan (Oybek Bozorov 77), Abdurauf Böriyev, Şerzod Nasrullayev, Flamarion (Dostonbek Hamdamov 77), Muhammadrasul Abdumajidov, Stefen Çinedu (Aymen Husayn 77)

Boş murabbiy: Emilian Karas (Moldova)

«Al-Qodisiya»: Koyen Kastels, Jihod Zikriy, Yulian Vaygl, Nahitan Akosta, Musab Al-Juvayr (Muhammad Al-Qahtoniy 69), Tijani Reynders, Pedro Gaston, Kristofer Baa (Sulaymon Sani 81), Ali Diabate (Yosir Aş-Şahroniy 69), Mateo Retegi, Xulian Kinones

Boş murabbiy: Brendan Rojers (Şimoliy Irlandiya)

Ogohlantirişlar: Akmal Mozgovoy (33), Ali Diabate (62)