Germaniyaning Audi avtokonserni AQŞning Jorjiya ştatida özining ilk zavodini qurişni rejalaştirmoqda. Loyiha uçun qariyb 4 milliard dollar sarmoya ajratiladi. Kompaniya boş direktori Gernot Dyoyellner hamda AQŞ prezidenti Donald Tramp iştirokida ötkazilgan tadbirda bu haqda eʼlon qilindi.

Şu vaqtga qadar Audi Amerika bozori uçun avtomobillarni Yevropa va Meksikadagi zavodlaridan import qilib kelardi. Tramp maʼmuriyati tomonidan import avtomobillari va butlovçi qismlariga joriy etilgan 15 foizlik bojlar sabab kompaniya ötgan yili 1,2 milliard yevro (taxminan 1,4 mlrd dollar) qöşimça xarajat qilişga majbur bölgan. Ekspertlarning fikriça, moliyaviy bosim va AQŞ bozorida sotuvlarning qisqarişi (joriy yilda sotuvlar 16 foizga tuşgan) nemis brendini işlab çiqarişni mahalliylaştirişga majbur qilyapti.

Yangi zavodda yiliga 200 mingtagaça avtomobil işlab çiqariş rejalaştirilgan. Asosan qimmatbaho va yirik yöltanlamaslar, jumladan, Audi Q7, Q8 va Q9 modellari işlab çiqarilişi kutilmoqda. Quriliş keyingi yil boşlanadi, işlab çiqariş 2030-yillar boşiga möljallangan.