Raqobat qömitasi 58 ta savdo va xizmat körsatiş şoxobçasida 116 ta aksiya va çegirmani örgandi, deya xabar berdi qömita axborot xizmati.
Örganişlar davomida 65 ta muammo va kamçilik aniqlandi. Ayrim hollarda eʼlon qilingan çegirmalar amalda boşqaça qöllanilgan, aksiya şartlari töliq tuşuntirilmagan yoki ğoliblarga vaʼda qilingan sovrinlar berilmagan.
Jumladan, Andijon viloyatida Water Life Mineral MÇJning «Orzu uşalsin» aksiyasida uç nafar iştirokçiga jami 60 mln sömlik sovrin berilmagan. Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan iş qözğatilib, tegişli qaror qabul qilingan va körsatma berilgan.
Namanganda fuqaro «Namangan avtotexxizmat» MÇJ aksiyasida Cobalt avtomobilini yutib olgan. Biroq telefon raqami notöğri terilgani sababli u bilan boğlaniş imkoni bölmagan va yutuq boşqa şaxsga berilgan. Qömita aralaşuvidan söng avtomobil haqiqiy ğolibga qaytarilgan.
Şuningdek, Namangandagi Baldini dökonida 50 foiz çegirma eʼlon qilingan bölsa-da, mahsulotlarda narxnomalar bölmagan. Buxorodagi Idea dökonida esa 20, 50 va 60 foizlik çegirmalar mahsulotning umumiy narxiga emas, balki muddatli tölovning oylik tölovlariga qöllanilgan.
Samarqandda «Samarqand Avtotexxizmat» MÇJning avtomobil xarid qilganlarga maişiy texnika sovğa qiliş aksiyasi faqat Chevrolet avtomobili uçun 100 foiz oldindan tölov qilgan xaridorlarga tatbiq etilgan. Muddatli tölov asosida avtomobil olganlar va yuridik şaxslar aksiyada iştirok eta olmagan. Qoidabuzarliklar aniqlangaç, korxonaga bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.
Qaşqadaryo viloyatida Idea brendining smartfonlarni bölib tölaş asosida xarid qiliş böyiça aksiyalari reklamasida ham ayrim maʼlumotlar körsatilmagan. Xususan, aksiyadagi mahsulotlar soni, ularning oldingi 30 kun içidagi eng past narxlari va «1+1» aksiyasida qöşimça qaysi mahsulot berilişi aniqlaştirilmagan.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan 59 ta kamçilik (90,7 foiz) huquqiy tuşuntirişlar va ogohlantiriş xatlari orqali bartaraf etilgan. 4 ta tadbirkorlik subyektiga nisbatan iş qözğatilib, tegişli qaror va körsatmalar berilgan. Isteʼmolçilar foydasiga 250 mln sömga yaqin mablağ qayta hisob-kitob qilindi.
Raqobat qömitasi aksiya va çegirmalarni nazorat qilişning yangi raqamli mexanizmlari böyiça takliflar tayyorlamoqda. Qömita maʼlumotlariga köra, mahsulot yonidagi QR-kodni skanerlaş orqali xaridor uning avvalgi narxlari va çegirmaning haqiqiy miqdori haqida maʼlumot olişi mumkin böladi. Şuningdek, aksiya şartlarini ular boşlanişidan oldin maxsus elektron tizimda qayd etiş va mahsulotlar narxining özgariş tarixini raqamlaştiriş taklif qilinmoqda. Bu çegirmalarning haqiqiyligini tekşiriş va narxlar özgarişini kuzatiş imkonini berişi kutilmoqda.












