Özbekistonda avtovokzal va temir yöl vokzallari uç yilga soliqdan ozod qilinişi mumkin. Transport vazirligi bu böyiça qaror loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirdi.
Loyihaga köra, Özbekistonda avtovokzallar, avtostansiyalar, temir yöl vokzallari va mahalliy aeroportlarni 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargaça mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qiliş taklif etilmoqda.
Şuningdek, Markaziy bank tijorat banklari orqali tadbirkorlarga avtovokzal va avtostansiyalarni quriş, rekonstruksiya qiliş hamda modernizatsiyalaş uçun imtiyozli şartlarda uzoq muddatli kreditlar ajratiş mexanizmini joriy etişi mumkin. Bunday kreditlar şahar içi, şahar atrofi va şaharlararo yönalişlarda yölovçi taşiş uçun yangi mikroavtobuslar xarid qilişga ham yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, avtostansiyalar hududining 20 foizigaça bölgan qismida turli majmualar qurişga ruxsat beriş közda tutilgan. Ular elektromobillarni quvvatlaş şoxobçalari, umumiy ovqatlaniş obyektlari, mehmonxonalar, texnik servis punktlari, avtomobil yuviş şoxobçalari va dökonlarni öz içiga olişi mumkin.
Qaror loyihasi muhokamasi 11-noyabargaça davom etadi.













