DIA uşbu kadrni kosmosdagi global xavfsizlik tahdidlariga bağişlangan yangi oçiq hisobotiga kiritgan. Tasvirni olgan sunʼiy yöldoş avval Maxar Technologies nomi bilan tanilgan Vantor kompaniyasiga tegişli.

Suratning yuqoriroq aniqlikdagi versiyasi apparat konstruksiyasini batafsilroq köriş imkonini bergan. U taşqi körinişidan AQŞ Kosmik kuçlari foydalanayotgan X-37B miniatyura kosmik şattliga öxşaydi.

Suratda nimalar körinadi?

Apparatning kiçik qanotlari va ikkita vertikal dum qanoti bor. Markaziy yuk bölinmasi ustida yuqoriga oçiladigan qopqoqlar körinadi.

Dum qismida taşqariga çiqib turgan modul, uning ikki yonida esa yoyilgan quyoş panellari aks etgan. Korpusning pastki qismida yonma-yon joylaşgan ikkita bölinma ham körinadi. Ular uç tayançli şassining asosiy tayançlari uçun möljallangan bölişi mumkin.

X-37B’ga öxşaş, ammo farqlari ham bor

Amerikaning X-37B apparati ham uç tayançli şassiga ega va dum qismiga qöşimça yuk moduli örnatilişi mumkin.

Asosiy körinadigan farqlardan biri qanotlar şaklida: Xitoy apparatida qanotning oldingi qirrasidan orqa qirrasigaça bölgan masofa - xorda - X-37B’nikiga nisbatan ança katta.

DIA hisobotida Xitoyning «Şenlun» va «Tenyun» nomli ikkita asosiy kosmoplan modeli tilga olingan. Biroq suratda ularning qaysi biri aks etgani aniqlaştirilmagan.

«Şenlun» nomi odatda Xitoy sönggi yillarda sinovdan ötkazayotgan kosmoplanga nisbatan qöllanadi.