Özbekiston terma jamoasi va «Nasaf» klubi yarimhimoyaçisi Aziz Ğaniyev Yevropaga ketişi mumkin. 

Unga Ispaniyaning «Tenerife» klubi 4 yillik şartnoma taklif qildi, deb Championat.asia sayti xabar bermoqda. 

Ammo ispanlar Ğaniyevni erkin agent sifatida yoki juda arzon narxga öz tarkibiga qöşib olmoqçi. Agar futbolçi rozi bölsa, unga heç qanday köriksiz 4 yillik şartnoma taklif etilgan. «Nasaf» esa ayni paytda moliyaviy qiyinçiliklarni boşdan keçirmoqda va öz yetakçisini 1 million dollardan kamiga qöyib yubormoqçi emas.

1912 yilda taşkil topgan «Tenerife» klubi ayni paytda Ispaniya Segundasida (La ligadan keyingi liga) iştirok etmoqda. Jamoani maşhur sobiq futbolçi Xoseba Eçeberria boşqarib bormoqda. Sönggi bor klub 2010 yilda La ligada iştirok etgan.