Birlaşgan Arab Amirliklari fuqarosi öz rafiqasini ilk bor makiyajsiz körganidan keyin ajrim uçun ariza berdi. Bu haqda Metro naşri xabar tarqatgan.

Naşr ma'lumotiga köra, er-xotin birgalikda Şarjadagi (BAA) plyajda dam olişgan. Ayol suvga tuşiş uçun yuzidagi makiyajni yuvib taşlagan. Ismi sir tutilgan er esa uning taşqi körinişidagi özgarişlarni payqab qolgan.

Şuningdek, erkakning aytişiça, uning 24 yoşli xotini bir neça bor plastik jarrohlikni amalga oşirgan, yopişadigan kipriklardan foydalangan va közlariga rangli linzalar taqqan.

30 yoşli er xotini bilan ajraşişga qaror qilgan. Ma'lum qilinişiça, u "xotinim könglimdagidek husn-jamolga ega emas" degan fikrga kelib, özini aldangandek his qilgan.