Farğonalik boğbon Habibidin Ismoilov Özbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida davlat rahbari tomonidan “Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi.
80 yoşli Habibiddin ota avvalroq Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni qahramonlaridan biri bölgandi.
Uşbu ruknda e’lon qilgan materialimizda aytganimizdek, Habibiddin ota Farğona tumanining Oqbilol qişloğida yaşaydi. 3 gektar maydonda uzumboğ yaratgan. Qolaversa, ançagina qöylari ham bor, qirlikda har kuni ularni özi boqadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning uşbu farmoni bilan, şuningdek, Kun.uz'ning “Hayotiy hikoyalar” rukni boşqa bir qahramoni – oltiariqlik Zuhraxon Oripova “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.


















