Avvaliga maşinasi bor edi. Işi, döstlari, oilasi, farzandlari bilan oddiy hayoti bor edi. Keyin maşinasidan ayrildi. Qarzlar köpaydi. Döstlari unga işonmay qöydi. Yaqinlari bilan munosabatlari sovidi. Bir paytlar uyida bolalarining şovqinidan quvongan inson endi şu şovqindan ham bezovta böla boşladi. Qahramonimiz bu yölga qanday kirib qolganini eslar ekan, hammasi bir taklif va bir marta sinab köriş istagidan boşlanganini aytadi. U öşa paytda bu odat hayotining eng muhim qismlarini tortib olişini xayoliga ham keltirmagan.

«Hammasi bloger reklamasi va 15 daqiqada topilgan puldan boşlandi»

Qahramonimiz Toşkentda ijarada yaşab, arendaga olgan maşinasida işlab, oilasini taʼminlab kelgan. Örtaça, ammo xotirjam hayoti bor edi. Barçasi bir kunlik tasodifiy reklamadan söng özgarib ketgan.

«Maşinamda ötirganimda ijtimoiy tarmoqda taniqli blogerning reklamasi çiqib qoldi. U “obunaçim bukmekerlik kompaniyasidan milliard sömdan ortiq pul yutdi”, deb gapirdi. Yonimda öynab yuradigan qarindoş ukam bor edi, undan “şunaqasi bölişi mumkinmi?” deb söradim. U “ha, aql bilan, azartga berilmasdan öynasa böladi”, dedi. Çöntagimda 400 ming söm bor edi. Telefonimni berdim, akkaunt oçib, 15 daqiqada 400 mingni 800 mingdan oşirdi, 1,5 soat içida esa qariyb 2 million söm çiqarib berdi. Hayron qoldim: “Bölar ekan-ku!” dedim».

Dastlabki 7–10 kun davomida u 2–4 million sömlab yutib yurgan. Eng katta yutuği esa 5 million sömni taşkil etgan. Ammo tizimning asl mohiyati keyinroq namoyon böla boşlagan:

«Bukmekerlik kompaniyasi boşida qölingizga pulni “uşlab tur” deb berib qöyadi-da, keyin sekin-asta hammasini qaytarib oladi. Yarim keçasi plastikda pul tugab qolsa, 2 kilometr pastdagi paynet budkasigaça piyoda borib pul taşlardim. Özingizni töxtata olmay qolasiz».

«Qoşiqlab yiğgan obröyimni vagonlab tökdim»

Öyin boşlanganidan atigi sakkiz oy ötib, qahramonimizning hayoti izdan çiqqan. Özi, turmuş örtoği va yaqin tanişi nomiga olingan kreditlar böyiça jami 90 million söm qarzi töplangan. Ijara haqini tölay olmagani uçun 18 oy davomida oyiga 250 dollardan tölab kelgan maşinasidan ayrilgan, uy haqini tölaşga ham qurbi yetmay qolgan.

Öyinga pul topiş uçun tanişlaridan turli bahonalar bilan qarz söragani oqibatida ularning işonçini yöqotgan. Doimiy stress esa soğliğiga ham taʼsir qilgan: endi kimdir u bilan balandroq ovozda gaplaşsa ham, qöl-oyoqlari qaltiraydi.