Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-oktabr kuni «Rossiya» milliy markazida «Valday» xalqaro munozara klubining yalpi sessiyasida nutq sözladi. RBK naşri asosiy iqtiboslarni keltirdi.
U xalqaro vaziyatning keskinlaşuvi va sunʼiy intellektning rivojlaniş xavflari haqida ogohlantirdi, şuningdek, NATOga yuborilgan xatlarning maʼnosini tuşuntirdi va qurolli qarama-qarşilik qoidalari masalasini kötarişga çaqirdi.
Dunyodagi vaziyat haqida
Putin öz nutqini «köpgina eski huquq normalari bekor qilingan, yangilari esa hali paydo bölmagan» şaroitda global tinçlik va xavfsizlikni saqlaşga çaqiriq bilan boşladi. Uning taʼkidlaşiça, özgarişlar barça sohalarda, jumladan, texnologiyalar, jamiyatning ijtimoiy tuzilişi, harbiy soahada, umumiy raqamlaştiriş va iqtisodiyotda yuz bermoqda.
«Ertami-keçmi xalqaro vaziyat va tizim qandaydir barqaror muvozanat holatiga keladi. Albatta, bu murakkab, köp omilli, köp qatlamli jarayon bölib, özaro murosa va bir-biriga qarab harakat etişni talab qiladi. Biroq dunyoda qanday ssenariy amalga oşmasin, xalqaro mojarolarning davom etişi ehtimoli yuqori. Xususan, yuz berayotgan tub özgarişlar va bu borada oçilayotgan imkoniyatlar yirik bölib tuyulgan yutuq uçun tavakkal qilişga tayyorlikni va ambitsiyalarni rağbatlantirayotgani, oziqlantirayotgani sababli ham şunday. Bu bahoda yanglişişni istardim, ammo bugungi kunning barqaror tendensiyalari, afsuski, aynan şunday», - dedi u.
Ukraina va Ğarb bilan munosabatlar haqida
Putinning sözlariga köra, Rossiya ongli ravişda «qölida qurol bilan özini himoya qilişga» va «tajovuzga javob berişga» majbur bölgan vaziyatga qöyilgan.
«Bilaman, albatta, ekspertlar hamjamiyatining bir qismida savol tuğiladi: mana, Rossiya tinçlik haqida gapiradi, özi esa uruşni boşladi. Xöş, men bu haqda köp marta gapirganman, har holda bunday yiğilişda yana bir marta aytaman: haqiqat qayerda? Haqiqat şundaki, biz uruşni xohlamadik va biz uruşni boşlamadik, balki biz bilan uruşni boşladilar» - dedi u.
«Kuç bor - aql kerak emas» tamoyili baʼzi jahon öyinçilari uçun ustuvordek tuyuladi, ammo bu heç qaçon yaxşilikka olib kelmaydi.












