Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga hujum qilişdagi uç kun davom etgan tanaffus yakunlanganini maʼlum qildi. Bu bilan AQŞ prezidenti Donald Tramp eʼlon qilgan «energetika sulhi» ham yakunlandi.

«Men harbiylarimga „energetika sulhi“ paytida Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga va dizel bilan boğliq barça narsalarga hujum qilmasligimizni aytdim, çunki agar biz hujum qilsak, kimdir <...> biz sulhni buzganimizni aytardi», – deya vaziyatni tuşuntirdi Zelenskiy payşanba kuni Financial Times naşriga bergan intervyusida.

Zelenskiyning taʼkidlaşiça, birinçi va ikkinçi kuni Rossiya Ukrainaning yoqilği quyiş şoxobçalari va yoqilği infratuzilmasiga «unça kuçli bölmagan» zarbalar bergan, ammo uçinçi kuni mamlakatdagi barça asosiy energetika infratuzilmasi obyektlariga hujum qilingan.

Financial Times jurnalistining Ukraina yana qança vaqtgaça Rossiyaga hujum qilmay turişga tayyorligi haqidagi savoliga javob berarkan, Zelenskiy şunday dedi: «[Neftni qayta işlaş zavodlari böylab] zarbalarga taqiq bekor qilindi. Böldi. Yetar».

Prezidentning sözlariga köra, Rossiyaning çorşanba kuni keçqurun yöllagan zarbalaridan söng, jumladan, Lutskda tinç aholi vakillari halok bölgaç, u harbiylarga tanaffus tugaganini aytgan.

U Ukraina AQŞ istagini bajarib, uç kun davomida Rossiyadagi energetika obyektlariga hujum qilmaganini qayd etgan. Şu bilan birga, Moskva Ukraina energetika infratuzilmasiga zarba berişda davom etgan, natijada sönggi bir hafta içida tinç aholi orasida 100 dan ortiq kişi halok bölgan.

Tanaffusdan keyingi ilk zarba

Ukraina qurolli kuçlarining qisqa muddatli tanaffusdan keyingi ilk zarbasi Ryazan oblastidagi neftni qayta işlaş zavodiga bölgan. «Rosneft»ga tegişli bölgan bu zavod Moskva şahri va Moskva oblastiga taʼminot yetkazişda muhim hisoblanadi.

Ryazan oblasti gubernatori Pavel Malkov 15-oktabr tongida «dronlarning regionga yopirilma hujumi» natijasida Ryazandagi 14 ta maktabda va 25 ta bolalar boğçasida darslar bekor qilinganini maʼlum qildi. Ukrainadagi Exilenova+ monitoring kanali Ryazan neftni qayta işlaş zavodi uzra alanga kötarilgani aks etgan videoni eʼlon qilib, bu ukrainlar droni hujumi bilan boğliq ekanini taxmin qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuçlari Ryazan neftni qayta işlaş zavodiga 69 ta dron va törtta «Flamingo» qanotli raketalari bilan hujum qilganini maʼlum qildi. Rossiya harbiy idorasi «dronlar va raketalar urib tuşirilgani», ammo «dron parçalari tuşişi oqibatida neftni qayta işlaş zavodi hududida yonğin sodir bölgani»ni maʼlum qilgan.