Boş assambleya oliy haftasi nutqlarining birinçi kunida minbarni Braziliya va AQŞ prezidentlari oçib berdi. Önlab davlat rahbarlari sözga çiqdi, ularning içida Turkiya, Koreya, Fransiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Afrika davlatlari, Möğuliston, Xorvatiya, Finlandiya, Lyuksemburg, Çili, Peru va boşqa vakillar bor.
Xöş, bu yilgi tadbir nimasi bilan muhim?
Avvalo, boş kotib Guterriş oxirgi marta boş assambleyada qatnaşmoqda, u kelasi yildan bu lavozimda bölmaydi. Şuning uçun zal Guterrişni nutqidan keyin olqişlab kuzatdi.
Ikkinçidan, hatto Eron prezidenti boşçiligidagi delegatsiya ham Nyu Yorrkda. Unga AQŞ viza bergan, ammo mediasi rad qilingan. Pezeşkiyon 23-sentabr kuni oliy minbardan çiqiş qiladi.
Uçinçidan, Venesuelaning muvaqqat rahbariyati BMT adolatiga işonib, sessiyaga kelganini aytmoqda.
Xitoy raisi Si Szinpin esa yana boş assambleyaga kelmadi, lekin Amerikaga rasmiy safar bilan kelmoqda. Yaʼni, Xitoy raisi Pekindan töğridan töğri Vaşingtonga keladi. Tramp Nyu Yorkni tark etdi, sababi u hamkasbini Vaşingtonda qarşi olişi kerak.
Özbekiston delegatsiyasiga prezident administratsiyasi rahbari - Saida Mirziyoyeva rahbarlik qilmoqda. U 23-sentabr kuni sözga çiqadi. Biroq, oçiliş sessiyada ham qatnaşdi, ikki tomonlama muloqotlar qildi.
Eslatib ötamiz, boş assambleyaga bu yil 18 mingdan ortiq delegat kiriş ruxsatnomalarini olgan.