Abdulla Aripov: «O‘zbekistonga «Afrikacha» shtamm ham kirdi»
Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
“Biz hali chegaralarimizni yopganimiz yo‘q, shuni bilib qo‘yinglar. Sababi, barchasini to‘xtatib qo‘yish uchun asos bo‘ladigan xavfni hali ko‘rayotganimiz yo‘q. Lekin kasallik ko‘payishni boshladi, yil boshida kuniga 15ta holat aniqlangan bo‘lsa, hozir 300taga chiqdi.
Infeksiya 6-7 foizda oliy ta'lim muassasalarida va 11-15 foiz holatda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida yuqtirib olingan. Bu o‘tgan yilgi holat bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, o‘shanda maktab bolalarida bu kasallik yo‘q edi. Yil boshida britancha shtamm bolalar o‘rtasida tarqaldi, biz qator maktab va bog‘chalarni yopishga majbur bo‘ldik. Ya'ni, hozir kasallik ham o‘z turini o‘zgartirib, yanada xavfliroq bo‘la boshladi. Avval bolalarga ta'sir qilmagan bo‘lsa, hozir aksincha bo‘lyapti, hattoki bog‘cha bolalariga ham ta'sir qilyapti.
Afrikacha shtamm ham bizga kirdi, buni Ilg‘or texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bilan birgalikda o‘rganib, hammasini bir-biridan ajratib chiqdi. Hozir ham juda chuqur tahlil olib borilyapti”, dedi bosh vazir.
Mavzuga oid
16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024