«Toşkent şahar yölovçi taşişni monitoring va nazorat qiliş» davlat muassasasi xabariga köra, voqea 15-avgust kuni Çilonzor tumanida ötkazilgan nazorat reydi vaqtida sodir bölgan.

Nazoratçilar avtobusdan bekatga tuşgan M.M.dan yöl haqi tölanganini tasdiqlovçi hujjatni körsatişni söragan. Muassasa maʼlumotiga köra, yölovçi turli vajlarni keltirib, nazoratçi talabini bajarmagan va qarşilik körsatgan.

Uning şaxsiga aniqlik kiritiş jarayonida yölovçi janjal çiqarib, nazoratçiga kuç işlatişga uringan. Holat bodi kamera orqali qayd etilgan.

Mazkur iş 24-sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida oçiq sud majlisida körib çiqilgan. Sud M.M.ga uç sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlagan.

Muassasa yölovçilar avtobusga çiqişi bilan yöl haqini tölaşi şartligini eslatgan. Xabarda qayd etilişiça, tölovni amalga oşirmagan yölovçilar çiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va ularga Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismi asosida jarima qöllanadi.

Şuningdek, muassasa nazoratçilarga hujum qiliş, zöravonlik bilan tahdid qiliş va ularni haqoratlaş qonunçilikda belgilangan javobgarlikka sabab bölişini taʼkidlagan.