Taklif muallifi – Putin

AQŞ prezidenti bunday formatdagi uçraşuvga qarşi emasligi, lekin unda uruşni emas, «yadroviy qurolni muhokama qilmoqçi ekanini» aytdi. «Prezident Si xohlasa, men tayyorman», dedi Tramp. Avvalroq OAVda bunday taklif özaro telefon suhbati çoğida Putindan çiqqani haqida yozişgandi. Tramp jurnalistlarga bergan javobida «Si xohlasa, uçraşaman», dedi, «Si va Putin xohlasa», demadi. Demak taklif Putindan çiqqani rostga öxşaydi.

Rossiya prezidenti bunday taklif bergani mantiqiy. Heç nima hal bölmasa ham, Ukraina taqdiri Kiev iştirokisiz AQŞ, Rossiya va Çin liderlari tomonidan muhokama qilinganining özi Yevropa uçun jiddiy signal. «Uruşni birpasda yumaloq yostiq qilişni» közlagan derjava oltinçi yilga kelib hamon Donbass olinmagan bir vaqtda mana şunday signallar yuboriş haqida öylamoqda. Nihoyatda adolatli reallik.

Tramp göyoki Ukraina u uçun mutlaqo ahamiyatsiz ekanini körsatiş uçun bu uçraşuvda «jon deb yadroviy qurolsizlanişni muhokama qilişini» aytdi. Lekin asosiy masala bir vaqtlar Trampga «sakragan» Zelenskiy Amerikaga yöq degani uçun uning dodini berişga uriniş ekani körinib turibdi.

Avvalroq Amerikaning WSJ naşri özaro telefon suhbati çoğida Putin Trampga Ukrainadagi uruş borasida uç tomonlama uçraşuv ötkazişni taklif qilgani haqida yozgandi. Öşa suhbatda Putin uruşni Moskvaga maʼqul bölgan şartlarda tugatişni taklif qilgan. Naşrga köra, Pekin ham Tramp uçraşuvga tayyor bölsa, Xitoy raisi qarşi bölmasligini bildirgan. Uçraşiş uçun bahona ham bor. 18-19 noyabr kunlari Xitoyda Osiyo Tinç okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti ötkaziladi. Tramp, Si va Putin öşa yerda körişişi mumkin.

Göyoki «Ukraina taqdiri hal qilinadigan» uçraşuvda Ukraina vakillari bölmasligi tabiiy. Xullas, 80 ga qarab ketgan uç siyosatçi barçasini eskiçasiga, heç qanday diplomatiyasiz, oğzaki hal qilib olmoqçidek. Kreml bunday reja borligini tasdiqladi, Tramp qarşi emas, Pekin ham rozi ekan.

«Bu – kapitulyatsiyaga undaş»

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Tramp Kievni taslim bölişga undayotganini aytdi. «Menimça, Ukrainani kapitulyatsiya bölişga undovçi qadamlar taşlandi. Amerikalik hamkorlarimiz uruşni Ukrainaga bosim qiliş orqali tezroq tugatiş mumkin deb hisoblayotgani haqida öylaşni xohlamayman, lekin barçasi şunga qarab ketyapti», dedi u Bloomberg naşriga bergan intervyusida.

Endi asosiy savol: aytaylik Xitoy, Rossiya va AQŞ Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça kelişuvga erişdi, keyin nima böladi? Putin ham öşa yerda ekani inobatga olinsa, kelişuv töliq Rossiya foydasiga böladi. Putin nima istaşi hammaga maʼlum: Ukraina Qrimni Rossiyaniki deb tan olişi, Donbassdan töliq ketişi, Zaporijjya va Xersonni ham topşirişi kerak, axir Rossiya ularni öz konstitutsiyasiga qöşib bölgan.