Ispaniya çempionati, 8-tur
«Real» – «Vilyarreal» 1:0
Gol: Diomande, 62 (1:0)
«Real»: Kurtua, Konate, Ryudiger, Karreras (Kukurelya, 46), Aleksandr-Arnold (Vinisius Junior, 52), Valverde, Tçuameni, Bellinghem, Diomande (Dumfris, 86), Arda Guler (Kamavinga, 77), Mbappe
«Vilyarreal»: Gulaçi, Navarro, Veyga, Kardona (Moreno, 67), Frimen, Foyt (Romero, 56), Guye, Komesanya (Saliba, 56), Moleyro (Al Jimiliy, 86), Ahomaş (Oluvaseyi, 67), Peres
Ogohlantirişlar: Bellinghem, 19. Konate, 81. Ryudiger, 83. Tçuameni, 87. Mbappe, 90 – Veyga, 10. Navarro, 84
Çetlatiş: Vinisius Junior, 73
La liganing 8-turida «Real» va «Vilyarreal» örtasidagi öyin (1:0) katta mojaroga aylandi. Öyinning 71-daqiqasida madridliklar klubi hujumçisi Vinisius Junior gol urdi, ammo gol bekor qilindi va futbolçining özi maydondan çetlatildi.
Yozda «Arsenal»ga ötib ketişi mumkin bölgan, yakunda Madrid klubi bilan şartnomasini yangilab olgan Vinisius mavsum startida işonçsiz öynamoqda. Şu tufayli Joze Mourinio uni ilk bor zaxira örindiğida qoldirdi. Uni töğri tuşuniş mumkin: braziliyalik forvard bu mavsum barça turnirlar doirasidagi töqqiz öyinda atigi bir gol urdi. Natijada boşlanğiç tarkibda uning örniga Yan Diomande tuşirildi.
Yulduzli braziliyalik baribir 52-daqiqada zaxiradan öyinga qöşildi, ammo töğridan töğri pozitsiya böyiça raqobatçisini emas, himoyaçi Trent Aleksandr-Arnoldni almaştirdi. Albatta, u himoyada öynamadi va hujumning çap qanotiga joylaşdi. 62-daqiqada esa u tuşgaç öng qanotga köçgan Diomande hisobni oçdi – bu ivuarlik vingerning «Real» safidagi debyut goli böldi.
Avvaliga hakam golni inobatga olmagandi, ammo VAR aralaşuvi bilan hujumda heç qanday qoidabuzarlik bölmagani tasdiqlandi.
Ammo videohakamlarning öyinga keyingi aralaşuvi «Real» zarariga böldi. 71-daqiqada Vinisius ham darvozani işğol etib, raqobatçisiga javob qaytargandi, ammo barçasi u uçun yomon yakunlandi.

Holbuki Joze Mourinio qizil oliş xavfi borligiga qaramay, 26 yoşli futbolçisini tabriklaş uçun maydonga çiqib kelgandi (u oldinroq hakam bilan bahslaşgani uçun sariq kartoçka olib bölgandi).
















