Payşanba oqşomida Millatlar ligasida 1-tur öyinlari boşlandi.

A Ligasi. 4-guruh

Sardor maydonni golsiz tark etdi

Portugaliya – Uels 1:0
Gol: Joau Feliks, 22 (1:0)
Portugaliya: Koşta, Ruben Diaş, Veyga, Nunu Mendeş (Nunu Tavareş, 79), Joau Kanselu (Dalot, 90), Ruben Neveş (Palinya, 68), Vitinya, Brunu Fernandeş (Joau Neveş, 90), Pedru Netu, Kriştianu Ronaldu (Ramuş, 68), Joau Feliks
Uels: Uord, Devis, Kabango (Mefam, 71), Dasilva, Uilyams, Ampadu, Şixan, Jonson, Bruks (D. Jeyms, 63), Kumas (Mur, 77), J. Jeyms (Tomas, 77)
Ogohlantiriş: Kabango, 71

Kriştianu Ronaldu özi uçun qadrdon bölgan «Joze Alvalade» stadionida milliy jamoa bilan xayrlaşişi haqidagi xabarlar quruq gapligiça qoldi. 41 yoşli futbolçi şu kuni Portugaliya libosida 234-öyinini ötkazdi va bu oxirgisi emas.

Stadionga yiğilgan muxlislar uning töpga har teginişini olqişlar bilan qarşi olişdi, ammo u öyin boşida yaxşi vaziyatdan foydalana olmadi. Öyindagi hisobni esa uning «An-Nasr»dagi jamoadoşi Joau Feliş oçdi: yarimhimoyaçi 22-daqiqada jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbadan keyin töp raqib himoyaçisiga tekkan holda yönalişini özgartirdi va pastki burçakka borib tuşdi.

Kriştianu Ronaldu ikkinçi bölim boşida faoliyatidagi 980-golini urişga juda yaqin keldi, ammo deyarli böş darvoza qarşisida turgan holda töpni yuqoriga tepib yubordi.

photo_2026-09-25_10-03-59

U baribir Bruno Fernandeşning pasidan keyin darvozani işğol etganida esa kiçik ofsayd holati qayd etildi.

Şu kuni portugallar sardori maydonni golsiz tark etdi – murabbiy 67-daqiqada uni almaştirdi. Ammo portugallar usiz ham ğalabali hisobni saqlab qoldi va titul himoyasini muvaffaqiyatli boşladi.

Skandinavça triller

Norvegiya – Daniya 3:2
Gollar: Bobb, 14 (1:0). Holand, 18 (2:0). Damsgor, 25 (2:1). Hoylund, 60 (2:2). Holand, 74 (3:2)