10:29 / 09.09.2015
2822

Bekobodda yangi futbol stadioni qurib bitkazildi

“Metallurg” sport kompleksida futbol stadionining ochilishi futbol ishqibozlari uchun O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

“O‘zmetkombinat” matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi sport obekti muassasa jamoasi ishtirokida hashar yo‘li bilan barpo etildi.

“Yangi futbol maydoni o‘zicha noyob hisoblanadi. Unda professional futbol jamoalari mashg‘ulot olib borishlari mumkin. Bundan tashqari, to‘rtta jamoa bir-biriga xalal bermagan holda ikkita maydonda bir vaqtning o‘zida mini-futbol o‘ynashlari mumkin. Ikkinchi mini futbol maydonining qurilishi barcha uchun syurpriz bo‘ldi. Uning maydoni uncha katta emas, biroq futbolning barcha talablariga javob beradi”, – deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Metallurglar, shuningdek, Bekobod shahridagi kombinat otalig‘ida bo‘lgan 2-umumta'lim maktabi uchun yangi futbol stadioni, 12-umumta'lim maktabi uchun esa yopiq sport kompleksi barpo etib berishdi.

2012 yilda Bekobodning “Metallurg” futbol jamoasi uchun 15 ming o‘rinli yangi stadion qurib bitkazilgan edi.

Top