Keça Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida qişki olimpiada öyinlarining oçiliş marosimi bölib ötdi. 9-25 fevral kunlari bölib ötadigan sport bayrami butun duyon muxlislarini öziga jalb qilişi tabiiy. KUN.UZ oq olimpiada nomini olgan sport bayramining paydo böliş tarixi va unda Özbekiston sportçilarining iştirokiga batafsil töxtalib ötadi.
Qişki Olimpiada öyinlari — qişki sport turlari böyiça ötkazilib, yozgi Olimpiya öyinlari kabi Xalqaro Olimpiya Qömitasi şafeligida taşkil etiladi.
Birinçi qişki Olimpiya öyinlari 1924 yilda ötkazilgan. Dastlab, qişki va yozgi Olimpiya öyinlari bir yilda ötkazilib kelingan. 1994 yildan boşlab esa, yozgi Olimpiya öyinlari ötkazilgaç, oradan ikki yil ötib qişki Olimpiya öyinlari taşkil etiladi.
Bugungi kunga kelib qişki Olimpiya öyinlarining dasturi sezilarli ravişda kengayiş bilan birga, iştirokçilar soni ham keskin darajada oşgan.
Aslida, qişki Olimpiya öyinlarini ötkaziş ğoyasi birmunça avval, ya'ni zamonaviy Olimpiada öyinlarini taşkil etiş ğoyasi paydo bölgan davrdan boşlangan. 1894 yilda Xalqaro Olimpiya qömitasiga asos solingaç, yozgi Olimpiya öyinlari dasturiga konkida uçiş böyiça musobaqalarni ham kiritiş tavsiya etilgan. Lekin, dastlabki uçta Olimpiada öyinlarida muz ustida ötkaziladigan birorta sport turlari kiritilmagan. 1908 yilga kelibgina, London (Buyuk Britaniya)da bölib ötgan Olimpiada öyinlarida figurali uçiş böyiça 4 ta dasturda musobaqalar ötkazilgan.
Qişki olimpiadaga mezbonlik qilgan mamlakatlar yaşil rangda
Kök rangda musobaqaga bir martadan ortiq mezbonlik qilganlar
1920 yil Antverpen (Belgiya)da ötkazilgan yozgi Olimpiada öyinlari dasturidan figurali uçiş va şaybali xokkey sport turlari örin egallagan. Mazkur musobaqalarda şvetsiyalik Gillis Grafstrem figurali uçiş böyiça erkaklar örtasidagi musobaqada, uning hamyurti Magda Yulin-Mauroy esa ayollar orasida oltin medalga sazovor bölganlar. Lyudovika va Valter Yakobssonlar (Finlyandiya) esa juftlik musobaqalarida birinçi örinni egallaşgan. Şaybali xokkey böyiça bölib ötgan bahslarda jami 7 jamoa ğoliblik uçun bahs yuritib, unda kanadalik xokkeyçilar zafar quçganlar.
Mavzuga oid
Rasmiy debyut. Fransiya, Şamoni. 1924 yil
«Oq olimpiada» nomini olgan bu musobaqaning rasman dastlabki 1924 yilda Fransiyaning Şamoni şahrida bölib ötgan Fransiyaning Alp toğlariga tutaş qismida ötkazilgan bu musobaqa «Parijda bölib ötadigan VIII öyinlariga bağişlangan Qişki sport turlari haftaligi» degan uzundan-uzun nom ostida ötkazilgan. Öşanda yanvar-fevral oylarida bölib ötgan öşa musobaqada 16 mamlakatdan 293 nafar sportçi iştirok etgandi. Aslida bu musobaqa ötkazilmay qolişi ham mumkin edi. Sababi Şamoni sönggi kunlargaça musobaqani ötkazişi şubha ostida qolgandi.
Şunda zamonaviy olimpiya öyinlari asosçisi Per de Kuberten XOQning uçinçi prezidenti Anri de Balle-Lyaturaga xat yozadi. Unda agar Fransiya bu olimpiadani ötkaza olmasa juda köpçilik mamlakat ustidan kulişi mumkin degan ma'no bor edi. Şundan söng mamlakat bu musobaqani qanday bölmasin ötkazişga qaror qiladi..
Zamonaviy olimpiada öyinlari asosçisi — Per de Kuberten
Yana bir musobaqaning ötkazilişiga xavf solgan sabab bu skandinaviya mamlakatlarining e'tirozi böladi. Qişki sport musobaqalarining mutlaq gegemoni bölgan mintaqa özlari uçun alohida şimoliy hududlar öyinlari taşkil qilib olişgandi. Ular uçun mana şu turnirdan köra nufuzliroq musobaqani taşkil qiliş imkonsiz edi. Norvegiya, Şvetsiya va Finlyandiya tomoni bu musobaqada heç qanday raqib yöqligini aytib, bu musobaqani taşkil etişdan foyda yöqligini aytişardi. «Yunonistondan kim ham konki uçişni örganib, bizga raqib bölişi mumkin?», deb hisoblaşişardi ular. Sport ittifoqi rahbarlari esa bu nafaqat sport musobaqasi balki toğ çanğisi kurortlarining reklamasi ekanini ham yaxşi tuşunişardi va şu boisdan bu musobaqani har qanday holatda ham ötkaziş kerak degan fikrga kelişadi.
I Qişki olimpiada öyinlari oçiliş marosimi
Moliyaviy jihatdan öta zararli (yagona daromad köriş manbasi bölgan çiptalar sotuvi 35 foizga ham yetmagan) bölsada, Olimpiadani muntazam ötkaziş uçun asoslar topildi. 1926 yili Lissabonda bölib ötgan yiğilişda II qişki olimpiada öyinlari Sent-Moritseda ötkaziladigan böldi. Ikki yil muqaddam qişki sport haftaligi nomi ostida ötkazilgan Şamoni olimpiadasi I qişki olimpiya öyinlari sifatida tan olindi. Şu tariqa baron Per de Kubertenning yana bir oqilona missiyasi yakunlandi. Sport dahosi öşa paytda insoniyatga yana bir ulkan bayramni tortiq etganini balki his qilmagandir ham...
Tarix yozgan mustaqil Özbekiston
Özbekiston mustaqillikni qölga kiritgaç, ilk marta 1994 yili Norvegiyaning Lillehammer şahrida bölib ötgan olimpiada mustaqil davlat sifatida, Özbekiston bayroği ostida musobaqada iştirok etdi. Bu Özbekiston sporti tarixidagi ilk olimpiada edi. Sababi bungaça mamlakat Yozgi olimpiada öyinlarida ham hali mustaqil davlat sifatida iştirok etmagandi.
Lillehammerdagi olimpiadada Özbekiston şarafini 2 sport turida iştirok etgan: figurali uçiş, fristayl. Sportçilar soni esa 7 nafarni taşkil qilgandi
Figurali uçiş:
Aliki Sergaadu, Yuriy Razgulyayev, Dinara Nurbayeva, Muslim Sattorov
Özbekiston sporti tarixida bu olimpiadaning yana bir alohida ahamiyat kasb etişi bu fristayl ustasi Lina Çeryazovaning iştiroki bölgandi. Çeryazova Özbekiston sporti tarixida olimpiadalarda qölga kiritilgan ilk oltin medalni aynan Norvegiyada qölga kiritgandi. Afsuski, hozirgaça bu qişki olimpiada tarixida qölga kiritgan yagona medalimiz sanaladi. Undan keyin ötkazilgan beşta olimpiadada ham Özbekiston terma jamoasi heç bölmasa bronza medalini ham qölga kirita olmagan.
Lillehammer olimpiadasi çempioni Lina Çeryazova Toşkent xalqaro aeroportida kutib olinmoqda
Özbekiston uçun ikkinçi qişki olimpiada 1998 yilning 7-22 fevral kunlari Yaponiyaning Nagano şahrida ötkazilgan XVIII qişki olimpiada musobaqalari bölgandi.
Bu safar Özbekiston şarafini 3 sport turida tört nafar sportçi himoya qilgandi:
Toğ çanğisi:
Komil Örunboyev (slalom)
Figurali uçiş:
Roman Skorniakov, Tatyana Malinina
Fristayl:
Lina Çeryazova
XIX qişki Olimpiada öyinlari 2002 yilning 8-24 fevral kunlari AQŞning Solt-Leyk-Siti şahrida ötkazilgan bölib, unda Özbekiston terma jamoasi 2 sport turida 6 kişidan iborat delegatsiya bilan iştirok etgandi.
Figurali uçiş:
Roman Skornyakov, Tatyana Malinina, Natalya Ponomaryova, Yevgeniy Sviridov
XX Qişki Olimpiada Italiyaning Turin şahrida 2006 yil 10-26 fevral kunlari ötkazilgan. Özbekiston terma jamoasi 2 sport turidan tört nafar sportçi bilan qatnaşgan.
Kanadaning Vankuver şahrida bölib ötgan XXI Qişki Olimpiada 2010 yilning 12-28 fevral kunlari taşkillaştirilgan. Unda Özbekistondan ikki sport turida uç nafar atlet iştirok etgan.