Oila — kişan emas, hayotiy zarurat, orzularga yetişdagi qöş qanot ekanini anglagan inson hayotda haqiqiy baxtni his etib yaşaydi. Juftini tuşungan turmuş örtoq ayol kişi uçun ham, er kişi uçun ham saodat kalitidir.
Er-xotin bir-birining şaxs sifatida rivojlanişiga kömaklaşar ekan, aslida özi, bolalarining baxtli kelajagini ta’minlaşga zamin yaratayotgan böladi.
«Hayotiy hikoyalar» ruknimizning bugungi qahramoni Sitora ham turmuş örtoğining qöllab-quvvatlaşi orqali özini şaxs sifatida rivojlantirayotgan ayollardan. Oliy ma’lumotga ega bölmay turib sakkiz yil davomida dars bergani, qölida farzandi bilan öqişga qanday kirgani haqidagi keçmişlarini qahramonimizning tilidan tinglaymiz.
* * *
«Oilamizda hamma sportçi: ikki akam, opam, singillarim. Faqat men sportga qiziqmadim. Bolaligimdan hamma xola-xola öynasa, men öqituvçi bölaman, daftarlaringizni tekşiraman, der ekanman dugonalarimga.
Dam oliş kunlari bir varaqqa heç kim bezovta qilmasin, deb yozib xonamning eşigiga yopiştirib qöyar ekanman-da, eşikni yopib qöyarkanman. Onam asta oçib qarasalar, dars qilib ötirgan bölarkanman. Yana bir qarasalar — kitoblarimga boş qöyib uxlab qolgan bölarkanman.
Maktabda öqib yurgan vaqtlarim ham diktantlarni ustozlarim menga işonişardi. Sinfdoşlarimdan özim diktant olardim. Bundan ham faxr, ham quvonç hissini tuyardim. Öqişni qizil şahodatnoma bilan tamomlab, pedagogika kollejiga öqişga kirdim.
Boşlanğiç ta’lim yönalişida öqirdim. Ikkinçi kursligimda yaxşi öqiganim uçun 15 ming stipendiya olganim ham esimda. Stipendiya olganimni eslayman, lekin u kollejning a’loçi öquvçilarni rağbatlantiriş uçun içki stipendiyasimidi yoki viloyatimizda şunday qilinganmi, eslolmayman. Paxtaga çiqqan, jamoat işlarida faol bölgan kursdoşlarimiz ham stipendiya olişardi.
Moddiy rağbat ham özimning qiziqişim sababmi, xullas kollejda ham a’lo baholarga öqidim. Ikkinçi marta ham öqişni qizil diplom bilan tamomladim. Katta qilib imtiyozli deb yozib qöyilgan alvon rangli diplomimni olganimdagi içimga siğmagan quvonç hissi hamon esimda.
Amalda heç qanday imtiyoz bermasa ham köpçilikning içida bir neçtagina qizil diplom olgan öquvçilar qatorida böliş boşqaça-da.
Öşa yili universitetga kontrakt asosida öqişga qabul qilindim. Ikkala singlim ham gepatit bölib qolgan, onam ularning parvarişi bilan band. Otam va akalarimning işlari ham yurişmay turgan vaqt edi.












