Qömitaga köra, qurilişi rejalaştirilayotgan har bir loyihaga kompleks yondaşiş zarur. Köp qavatli uylar bilan birga yaşil hududlar, bolalar maydonçalari va avtoturargohlar ham inobatga olinişi lozim.
Şuningdek, yer maydoni bir gektargaça bölgan kiçik va ziç qurilişlardan voz keçiş zarurligi taʼkidlangan.
Qömita hududiy arxitektura-şaharsozlik kengaşlariga taqdim etilayotgan loyihalarni körib çiqişda uçta asosiy jihatga eʼtibor qaratmoqda.
Birinçisi - Boş rejaga muvofiqlik. Quriliş loyihasi hududning tasdiqlangan Boş rejasiga mos bölişi şart.
Ikkinçisi - kamida 30 foiz yaşil hudud. Qömita yaşil maydonlar şaharning ekologik muvozanatini saqlaş va aholi uçun soğlom yaşaş muhitini yaratişda zarurligini qayd etgan.
Uçinçisi - binolar balandligining infratuzilmaga mosligi. Uylarning qavatlar soni hududdagi kommunal va ijtimoiy infratuzilma imkoniyatlariga mutanosib bölişi kerak.












