Kelinçaksoy köpçilikka ma’lum Araşan buloği va köllari tomon eltuvçi yölda joylaşgan. Çöponlar aytgan afsonaga köra, sovuqda bolasini beşikda tebratib turgan kelinçak muzlab, toşga aylanib qolgan va şu sababdan bu atroflarni kelinçaksoy deb ataşadi. "Manzil" şu yerda tirikçilik qilayotgan çöponlar va yozning issiğigaça saqlanadigan qorlarni körsatişga qaror qildi.

Bu yerda tabiat juda gözal. Toğlar tepasida yozning qoq örtasigaça turgan qor, maysalar, xar yuz metr oraliğida şaldirab oqayotgan soylar odamning bahri dilini oçib yuboradi.

Çodirlar atrofida toğ kalamuşlari şu qadar köpki, bu kemiruvçilarni tomoşa qiliş ham bir maroqli. Töğrisi, çöponlar kalamuş degani uçun biz ham kalamuş deyapmiz, bularning asl nomi nima ekanini bilolmadik. Lekin toğ tepasiga çiqqanda suğur bolasini kördik. 

Çöponlar bilan köp körişganimiz bois ularning hayotidan ham köra, ular doim duç keladigan yovvoyi tabiat, börilar, tulkilar, tönğizlar, kiyik va ayiqlar haqida söragimiz keldi. Bu qiziqişlarimni darhol payqagan çöpon Şerali aka Şodiyev, bir kun avval körganlarini aytib ketdi. Uning aytişiça, bir kun avval tunda qöraga ayiq yaqin kelgan. Buni darhol payqagan çöponlar toğoralarni taqillatgança uni haydab solişgan. Çöponlarning sözlariga köra, ayiq oç bölsa tanğir-tunğur qilasizmi, baqirasizmi, olov yoqasizmi farqi yöq, birorta qöy olmasdan ketmas ekan.

Çöponlarning işi qiyin, ularning eng katta duşmani – böri va ayiq. Çöponlarning bu ikki hayvon haqida aytib bergan gaplari ham juda qiziq.

Yoz kunlari toğga çiqişni va qorli çöqqilar tomon borişni ançadan beri reja qilib yurar edik. Bu safar öşa rejani amalga oşiriş uçun erta tongdan, ikki kiçik çöpon bilan yölga otlandik. Çöponlar toğning pastki qismida öt kamaygani uçun toğning yuqori qismiga, qorli joylarga köçayotgan ekan. Ularni kutib, birga çiqib ketadigan bölsak keç qolamiz, yaxşisi bir tavakkal, özimiz çiqişga qaror qildik va yölda davom etdik.

Ikki soatlik maşaqqatli yöldan söng yozgaça saqlangan qorlar oldiga yetib bordik. U yerdagi manzara va ösimliklar ifori ta’riflab bölmas darajada maftunkor. Qorga yaqinlaşganingiz sari undan qiş harorati va hidi kelib turadi. Şunça yöldan söng qor yemasang odamga alam qilsa kerak. Töğrisi, qor yeyişga yedim-u, bu mumkin emas ekanini pastga tuşganda bildim. Şu sabab böldimi yoki öta qattiq çarçoqmi safardan qaytib yaxşigina tobim qoçdi. Qisqasi yoz kuni qor körsangiz ham uni tanovul qilişga şoşilmang.

Şunday qilib Kelinçaksoydan qaytadigan böldik, afsuski bu yerdan maşina ötişi va unda qaytiş amrimahol. Maşina bölavermagaç yuk maşinasida qaytişga majbur böldik. Taassurotlarimizni aytib yoki körsatib tasvirlab bera olmaymiz. Buni faqat his qiliş kerak.