Özbekistonda qazib olinadigan kömirning 85 foizi «Angren» oçiq koni hissasiga töğri keladi. Xöş, bu yerda kömir qanday qazib olinmoqda, uning sifati qay darajada?
Şu savollarga javob oliş maqsadida «Angren» kömir havzasiga OAV uçun media-tur taşkil etildi.
«Angren» - bu qalinligi 60 metrgaça va çuqurligi 130dan 150 metrgaça bölgan kömir koni bölib, kömir qatlamlariga yetiş uçun xavfsizlik çoralariga rioya etgan holda töğri harakat qiliş kerak. Zero, kömirni oçiq usulda qazib olişda katta miqdordagi toğ jinslarini olib taşlaş, ya'ni ustki qatlamni oçiş, turli köçkilarga yöl qöymaslik talab qilinadi.

Media-tur davomida kömir qaizb oliş jarayoni bilan bevosita tanişdik. U yerda işlab, mehnat qilayotgan insonlar bilan suhbatlaşdik.
«Hozir konda qazib oliş jarayoni 250 metr çuqurlikda olib borilmoqda. Buning uçun barça zarur texnikalar jalb etilgan. Maxsus ekskavatorlar elektr toki orqali işlaydi. Kömir konida iş töxtovsiz davom etadi. Hozirda konda bir kunda 10-12 ming tonnagaça kömir qazib olinmoqda», – deydi «Angren» kömir koni boş energetigi Farrux Otajonov.
Şundan söng kömir qazib olinayotgan maydonga bordik. 200-220 metr çuqurlikda ekskavatorlar bilan kömir olinib, «Belaz» rusumli yuk maşinalarida taşilmoqda. Maxsus taşilgan joydan işçilar kömirni saralab, toşlarini olib taşlaşmoqda. Mayda kömir parçalari yuqoriga maxsus moslamada çiqarilmoqda.

Media-tur davomida jurnalistlar kömir qatlamini oçiş va qazib oliş, saralaş jarayonlari bilan yaqindan tanişdilar.

Ma'lumki, köp hollarda sifatli kömir sifatsiz xomaşyo (kömir kukuni) bilan aralaştirib yuborilar va şu holda elektr stansiyalariga ham, aholiga ham yetkazib berilar edi. Bu ayniqsa uyini qişda kömir bilan isituvçi xonadon egalarini qoniqtirmasdi. Sababi, kömir kukuni uy peçlarida yaxşi yonmaydi va kömirga qaraganda ança kam issiqlik beradi.














