"Manzil" Samarqand-Qaşqadaryo-Surxondaryo yönalişi böyiça sayohatining sönggi manzili Boysunga yöl oldi. Qamaşidan yölga çiqib, öziga xos ajoyib maskanlarni tomoşa qilib, Surxondaryoga yetib keldik. Sayohatimiz mobaynida Boysunning Duoba hamda Omonxona qişloqlarini tasvirga olişga muvaffaq böldik.

Duoba qişloği Boysun markazidan 35 km uzoqda, toğlar oşib boradigan yerda joylaşgan. Ikki suv ma’nosini beruvçi uşbu qişloqqa faqat toğda yurişga möljallangan maşinalardagina boriş mumkin. Qalin yoğgan qor şunday maşinalar harakatini ham qiyinlaştirgan. Bir kunda bir marta boriş mumkin bölgan öziga xos maskanda insonlar qanday yaşaşi  bilan qiziqdik.

Duobaliklarning asosiy tirikçiligi boğdorçilik va çorvaçilikdir. Qişloqqa kelgan odam tabiat gözalligini körib hayratda qoladi.

Ikkinçi manzilimiz esa Omonxona qişloği böldi. Bu yerda yer ostidan köplab kasalliklarga şifo böluvçi suv çiqadi. Jigar kasalliklari uçun foydali suv bölgani uçun bu yerga kelib davolanuvçilar soni juda köp.

Avvalroq Boysunning Darband qişloğiga sayohat qilgandik. U sayohatimiz ham bu galgi sayohatimiz ham insonni hayratga soladigan darajada taassurotlarga boy böldi. Körsatuvimizni tomoşa qilib, özingiz bunga amin bölişingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus