Rossiyaning Sankt-Peterburg şahri maʼmuriyati patent asosida işlaydigan migrantlarning mehnati taqiqlanadigan sohalar röyxatini yana bir bor kengaytirişga tayyorlanmoqda. Tegişli qaror loyihasi korrupsiyaga qarşi ekspertiza portalida eʼlon qilindi. Hujjatdan maʼlum bölişiça, xorijliklar uçun allaqaçon yopilgan taksi va kuryerlik xizmatlariga yana bir neçta boşqa sohalar qöşiladi.

Taqiqlangan sohalar röyxatiga çakana savdoni kiritiş taklif qilinmoqda - migrantlar oziq-ovqat dökonlari va univermag, meva, göşt va baliq rastalari, nonvoyxonalar va boşqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotiş şoxobçalarida, şuningdek, fitnes markazi, sport klublari, sanatoriy, sanitariya-epidemiologiya xizmati va sud-tibbiy ekspertiza taşkilotlarida, sartaroşxona, gözallik va massaj salonida işlay olmaydi.

Gap aynan patent asosida işlaydiganlar uçun taqiq haqida bormoqda. Bu hujjat çet el fuqarosining Rossiyaning muayyan hududida işlaş huquqini tasdiqlaydi.

Çeklovlar YEOII mamlakatlari - Belarus, Qozoğiston, Armaniston va Qirğiziston fuqarolariga taalluqli emas. Uşbu mamlakatlar fuqarolariga Rossiyada işga joylaşiş uçun patent yoki işlaş ruxsatnomasi talab qilinmaydi. Ular belgilangan kvota böyiça işlaş ruxsatnomasini oladi.