- AQŞ bosimlari fonida Yevropa Ittifoqi qança vaqt Ukrainani qöllay oladi?

Kamoliddin Rabbimov: Donald Tramp hokimiyatga kelganidan keyin AQŞning Ukrainaga körsatib kelgan ulkan beğaraz yordamining aksariyat qismi amalda töxtadi. AQŞ Ukrainaga asosan razvedka maʼlumotlarini taqdim etmoqda, biroq bu yordam ham vaqti-vaqti bilan uzilib turibdi. Ukraina harbiylarining özaro muvofiqlaşuvida muhim rol öynayotgan Starlink xizmatida ham uzilişlar kuzatilmoqda. Bundan taşqari, YEI AQŞdan sotib olinadigan, Ukrainaga yetkazib berilişi kerak bölgan qurol-aslahalar uçun pul tölagan bölişiga qaramay, sönggi paytlarda AQŞ bu jarayonni paysalga solmoqda.

Bu yerda ikkita muhim jihat bor. Birinçisi - AQŞdan sotib olingan va Ukrainaga yetkazib berilişi kerak bölgan qurol-aslahalar. Ikkinçisi esa Yevropa davlatlari avvalroq AQŞdan xarid qilgan strategik qurollar. Masalan, Patriot havo mudofaa tizimlari va uzoq masofaga uçuvçi raketalar. Bunday qurollarni boşqa davlatga beriş uçun AQŞning roziligi talab etiladi, bunga Pentagon tomonidan tegişli ruxsatlar berilişi kerak. Hozir bu jarayon ham töxtab qolgan.

YEI Ukrainani şunçaki yaxşi körgani uçun yordam berayotgani yöq. Bu, avvalo, strategik manfaatlar bilan boğliq. Yevropa rahbarlari Ukrainani Rossiya bosqiniga qarşi turayotgan va Rossiyaning harbiy salohiyatini zaiflaştirayotgan muhim tösiq sifatida körmoqda. Ularning tafakkuri şunday: agar Ukraina yiqilsa va Rossiya taʼsiri ostiga tuşib qolsa, bu domino effektini keltirib çiqaradi. Yaʼni bir davlatning qulaşi boşqalariga ham bosimni kuçaytiradi. Rossiyaning imperiyaçilik siyosati yanada faollaşadi, postsovet hududida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham vaziyatga taʼsir körsatadi, Boltiqböyi davlatlariga qarşi provokatsiyalar kuçayadi, oxir-oqibat YEI va NATO uçun jiddiy xavflar yuzaga keladi.

Şu sababli Yevropa Ukrainaga yordam berişni öz xavfsizligini himoya qilişning bir qismi deb biladi. Maqsad - Rossiyani tiyib turiş, uning harbiy imkoniyatlarini zaiflaştiriş uçun Ukrainaga yordam beriş. Bu idealistik yondaşuvdan köra, strategik hisob-kitobga yaqinroq.

Undan taşqari, Yevropa siyosiy elitalari Vladimir Putinning vaʼdalariga işonmaydi. Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland va Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel kabi yetakçilar öz vaqtida Putin bilan muzokaralar olib borgan. Yevropa siyosatçilarining tajribasi şuni körsatadiki, Putin muzokaralarda ijobiy vaʼdalar berişi, biroq keyinçalik ularga zid harakat qilişi mumkin. Şu bois Ğarbda Rossiyaning maqsadi faqat Ukraina bilan çeklanmaydi, degan qaraş mavjud.

Bu qaraşga köra, Moskva Yevropa Ittifoqini zaiflaştiriş, NATOni parçalaş, AQŞ va Yevropa örtasidagi transatlantik aloqalarga putur yetkazişdan manfaatdor. Rossiyalik siyosiy faylasuf Aleksandr Duginning Ğarbga qarşi qaraşlari ham bu munozaralarda tez-tez tilga olinadi. U Ğarbning mavjud siyosiy tartibini tubdan özgartiriş ğoyasini ilgari surib keladi.