2-oktabr, juma kuni odatdagi iş tartibi davom etadi. Yaʼni beş kunlik va olti kunlik iş haftasida işlaydigan xodimlar uçun ham bu kun iş kuni hisoblanadi.

3-oktabr, şanba kunidagi iş tartibi esa xodimning iş haftasiga boğliq böladi. Beş kunlik iş haftasida işlaydiganlar dam oladi, olti kunlik iş haftasidagilar esa işga çiqadi.

Şu tariqa, oktabr oyining dastlabki kunlarida quyidagi tartib amal qiladi:

  • 1-oktabr, payşanba - bayram munosabati bilan dam oliş kuni;

  • 2-oktabr, juma - iş kuni;

  • 3-oktabr, şanba - beş kunlik iş haftasidagilar uçun dam oliş, olti kunlik iş haftasidagilar uçun iş kuni.

Demak, bayram munosabati bilan ketma-ket bir neça kunlik dam oliş bölmaydi. 1-oktabrdagi bayram dam olişidan söng, 2-oktabr kuni iş faoliyati davom ettiriladi.