“Oila va xotin-qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Oilaviy qadriyatlarni saqlaş va rivojlantirişga munosib hissa qöşgan oilalar uçun “Ibratli oila” kökrak nişoni ta’sis etildi.
Hujjatga köra, “Ibratli oila” kökrak nişoni 15 may – Xalqaro oilalar kunida topşiriladi.
Bundan taşqari, farmon bilan aliment tölovçining boşqa qarzdorligi bölganda, qarzdordan undirilgan mablağlar aliment tölovlari böyiça qarzdorlik töliq qoplangandan söng boşqa qarzlariga ötkazilişi belgilandi.
Aliment tölaşdan böyin tovlayotgan va qidiruv e’lon qilingan şaxslar töğrisidagi ma’lumotlar MIBning rasmiy veb-saytlarida joylaştiriladi va davlat OAVlarida tarqatiladi.
Aliment tölovçidan 3 oyda aliment undiriş imkoni bölmaganda jamğarmadan aliment tölovlari tölab beriladi hamda keyinçalik qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.











